Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/10 15:35 Yaponiya 1-1 Avstraliya
15/10 16:00 Janubiy Koreya 3-2 Iroq
15/10 17:00 Xitoy 2-1 Indoneziya
15/10 19:00 O‘zbekiston 1-0 BAA
15/10 19:00 Qirg‘iziston 1-0 KXDR
15/10 21:00 Eron 4-1 Qatar
15/10 21:00 Iordaniya 4-0 Ummon
15/10 21:00 Falastin 2-2 Kuvayt
15/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Bahrayn
16/10 01:30 Kolumbiya 4-0 Chili
16/10 04:00 Paragvay - Venesuela
16/10 04:30 Urugvay - Ekvador
16/10 05:00 Argentina - Boliviya
16/10 05:45 Braziliya - Peru

Intervyu. Joze Moruinyo: "Chempionat so‘nggida ko‘plab o‘zgarishlar qilishim mumkin"

Intervyu. Joze Moruinyo: "Chempionat so‘nggida ko‘plab o‘zgarishlar qilishim mumkin"

Baho:
+ | -

Yevropa Ligasining yarimfinalidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” va “Selta” jamoalarining (1:1) uchrashuvidan so‘ng mankunianliklar bosh murabbiyi Joze Moruinyo jurnalistlar savollariga javob berdi.

Joze, finalga chiqish sizu uchun qanday ahamiyatga ega?

Bu biz uchun yana bir sovrin yutishga va Chempionlar ligasiga chiqish hamda mavsumni yuqori notada yakunlash uchun qulay imkoniyat hisoblanadi.

Joze, siz o‘yindan avval bu bahs klub tarixidagi eng muhim uchrashuvlardan biri deb aytdingiz, nima deb o‘ylaysiz jamoa shu darajada o‘yin namoyish qila oldimi?

Men buni boshqa ma’noda aytgan edim. “Manchester Yunayted” o‘z tarixida juda ko‘plab yarimfinal va finallarda ishtirok etgan va Chempionlar ligasida ham zafar quchgan jamoa hisoblanadi. Shunday ekan bu bahs klub tarixidagi yoki mening murabbiylik faoliyatimdagi eng muhim uchrashuv emas. Lekin “Selta” uchun bu klub tarixidagi eng muhim uchrashuv hisoblanar edi va men ularning g‘olib bo‘lish istaklariga mos darajada bo‘lishimiz kerakligini aytgan edim. O‘yin so‘nggida, raqib bizga nisbatan kuchi o‘ynadi va bizga yetarlicha bosh og‘riq bo‘la oldi. “Selta”ning g‘olib chiqishga bo‘lgan hohishi esa o‘yin oxiriga qadar sezilib turdi.

Erik Bayi bilan sodir bo‘lgan holat haqida nima deysiz?

Kechirasiz, ammo men o‘sha holatda nima bo‘lganini ko‘rmadim va takroriy lavhaga ham ko‘zim tushmadi.

Aytingchi, finalda jamoangiz “Ayaks” bilan muammoga duch kelib qolsa, unda ular bu vaziyatdan chiqib keta olishadimi?

Har bir o‘yin bu alohida tarix, lekin bizning muammomiz shundan iboratki, shogirdlarim eng yaxshi futbol namoyish etayotganlarida ham ko‘p gol ura olishmayapdi. O‘yinimiz qovushmasa unda biz muammolar girdobida qolib ketmoqdamiz. O‘ylashimcha biz Vigoda yaxshi o‘yin namoyish qila oldik. Men dastlabki daqiqalardanoq hotirjamlik bilan o‘yinni kuzatib bordim. Men raqib bizning darvozamiz qarshisida birorta vaziyat yaratganini ham ko‘rganim yo‘q.

Chempionatning so‘nggi turida men ko‘plab o‘zgarishlar qilishim mumkin. Biz qoniqarsiz natija qayd etsak ham, hech kim bizni koyimaydi. Sababi biz ikki kundan so‘ng finalda ishtirok etishimiz kerak.

Uchrashuvdan so‘ng siz “Selta” muxlislarini olqishladingiz…

Men ularning uyda va mehmonda ko‘rsatgan o‘yinlari uchun ularni olqishladim. Ular o‘z o‘yinlari va jamoalari bilan faxrlanishlari mumkin. Men ularni tushinaman, sababi men ham yarimfinalda mag‘lub bo‘lganman. Umid qilamanki, “Selta” futbolchilari uyga qaytishganida ularni shunga mos tarzda kutib olishadi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 14:46, 12.05.2017.
O'qildi: 7330 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.