"Barselona" himoyachisi Xerard Pike oshqozon grippi virusi bilan shifoxonaga tushib qoldi, deya xabar beradi AS.
Ispaniya terma jamoasi himoyachisining sog‘ligiga hech narsa xavf solgani yo‘q, ammo jamoasining La ligadagi "Las-Palmas"ga qarshi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi (14 may). Pike gripp tufayli 10 maydan buyon "Barselona" bilan shug‘ullanmayapti.
"Las-Palmas"ga qarshi o‘yinda kataloniyaliklarga Pike bilan bir qatorda Serxi Roberto (diskvalifikasiya), Rafinya Alkantara (jarohat) va Jeremi Matyo (jarohat) ham yordam bera olmaydilar.