«Barselona» yarimhimoyachisi Andres Inyesta jamoa bilan yangi shartnomani qachon imzolashini bilmasligini aytdi.
«Hozircha shartnomani uzaytirish haqida o‘ylamayapman. U yana bir yil amal qiladi, keyin esa ko‘ramiz. «Barselona»da baxtiyorman. Biz joriy mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashimiz shart. Keyingi mavsumda ham zo‘r ishtirok etishimiz lozim» - dedi futbolchi Sport_es xabarida.