Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Oliy ligada tur o‘yini: Rekordga mos keskinlik

Oliy ligada tur o‘yini: Rekordga mos keskinlik

Baho:
+ | -

«Navbahor» - «Qo‘qon-1912» to‘qnashuviga 10-turning markaziy o‘yini sifatida qaralgandi va voqealar rivoji bu bejiz emasligiga dalolat berdi. Birinchidan, «Navbahor» stadionida muxlislar tashrifi bo‘yicha joriy mavsum rekordi qayd etildi. Ikkinchidan, butun 90 daqiqa davomida keskin kurash ruhi ufurib turdi.

Dastlabki tahlikali vaziyat mezbonlar darvozasi oldida sodir etildi. 2-daqiqada uyushtirilgan tezkor qarshi hujum natijasida Filipp Rayevas  qulay imkoniyat hosil qildi. Ammo «Qo‘qon-1912» to‘purariga «Navbahor» darvozabonini dog‘da qoldirishda sovuqqonlik yetishmadi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, Namangan klubi murabbiylar shtabining majburiy o‘zgarishga qo‘l urishiga to‘g‘ri keldi - Ilhom Mo‘minjonov jarohatlangan G‘iyos Komilov o‘rniga Darko Stanoyevichni maydonga tushirdi. 8-daqiqaga kelib, Jahongir Mehmonov kuchli zarba vositasida mehmonlar posboni Aziz Ashurov hush­yorligini sinab ko‘rdi. Yana 3 daqiqadan so‘ng Dilshod Jabborov qulay vaziyatni yo‘qqa chiqardi. Hisob esa birinchi bo‘lim o‘rtalarida ochildi. Bunda «lochinlar»ga jarima zarbasi qo‘l keldi. Zero, to‘p oshirib berilgach, «Qo‘qon-1912» jarima maydoni ichida pala-partishlik kuzatildi va Nemanya Yovanovich bundan foydalanib, boshi bilan aniq zarba yo‘lladi. E’tiborli tomoni, qo‘qonliklar bundan oldingi 8ta uchrashuvda hisobni ochish vazifasi uddasidan chiqishgandi.

Tanaffusdan keyin ham jamoalar hujumlar ketma-ketligini uzishgani yo‘q. Xususan, «Navbahor»dan Aziz Turg‘unboyev va Dilshod Jabborov qulay imkoniyatga ega bo‘lishdi. Mehmonlar esa Javohir SiddiqovAndrey Sidorov va Filipp Rayevasning zarbalaridan so‘ng hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Ammo hisob anchagacha o‘zgarmay turdi. Oxirida esa Valentin Kovalenko faol o‘ynagan Javohir Siddiqovga qo‘pollik ishlatilganini qayd etib, «Navbahor» darvozasi tomon penalti belgiladi. Aytish joiz, uning bu qarori mezbonlarda kuchli e’tiroz uyg‘otdi. Ma’lum tortishuvlardan so‘ng Murod Xolmuhammedov 11 metrli nuqtadan zarba yo‘lladi - bexato. Ammo Kovalenko golni inobatga olmay, zarbani takroran bajarish zarurligiga ishora qildi. Sovuqqon himoyachi o‘z navbatida, ikkinchi urinishda ham gol urishni uddalab, yakuniy hisobni o‘rnatdi - 1:1.

Fakt. Namanganda o‘yinni 20220 muxlis bevosita stadionda kuzatdi. Bu muxlislar tashrifi bo‘yicha joriy mavsum rekordidir. Bungacha eng yuqori ko‘rsatkich 3-turda aynan «Nav­bahor»ning «Neftchi»ga qarshi o‘yinida qayd etilgandi - 18992 muxlis. Umuman, Namangan klubi joriy mavsum 6ta tur yakuni bo‘yicha eng ko‘p muxlis yiqqan jamoa bo‘ldi.

«Qo‘qon-1912»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:56, 16.05.2017.
O'qildi: 3718 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.