Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

“Lokomotiv” ertaga “Qo‘qon-1912” mehmoni bo‘ladi

“Lokomotiv” ertaga “Qo‘qon-1912” mehmoni bo‘ladi

Baho:
+ | -

17 may kuni Oliy Ligada 11-tur uchrashuvlariga start beriladi. Mazkur tur doirasidagi anchagina qiziqarli ko‘rinish olishi kutilayotgan bellashuvlardan biri Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi.

Unda ayni paytda musobaqa jadvalining dastlabki ikki pog‘onasini band etib turgan jamoalar – “Lokomotiv” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.

Ta’kidlash joizki, mazkur jamoalar milliy chempionatimiz doirasida shu paytga qadar 4 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. Natijalar borasidagi ustunlik esa “temiryo‘lchilar” jamoasi tomonida. Ushbu ikki jamoaning dastlabki qarama-qarshiligida “Loko” 1:0 hisobida g‘alabaga erishgan. “Qo‘qon-1912” maydonida o‘tgan bitta bellashuvda 2:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, yana bir bahsda esa toshkentliklar 3:1 hisobida zafar quchishgan. Oliy Liganing o‘tgan yilgi mavsumi doirasida Toshkentda kechgan o‘yin esa 4:0 hisobida “Lokomotiv” foydasiga hal bo‘lgan va mazkur o‘yin ushbu ikki jamoa o‘zaro qarama-qarshiliklari doirasida eng yirik g‘alabamiz bo‘lib turibdi.

Oliy Liga, 11-tur. 17 may, chorshanba. (17:30)
“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Lokomotiv” (Toshkent)
Hakamlar: V. Seytlin (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Kalinin (Qarshi), A. Shukurullayev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent)
PFL vakili: B. Mametov

Joriy yilgi mavsumni “Qo‘qon-1912” jamoasi ham ancha ko‘tarinki ruhda o‘tkazmoqda. Qo‘qonliklar hozirda 10 ta uchrashuvda 19 ochko jamg‘argancha musobaqa jadvalining ikkinchi o‘rnini band etib turishibdi. “Temiryo‘lchilar” jamoasi esa 9 ta match yakunlariga ko‘ra 22 ochko to‘plashgan hamda jamoamiz Oliy Ligada peshqadamlik qilmoqda.

Raqib safida o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda mazmunli o‘yin namoyish etib, muxlislar olqishiga sazovor bo‘layotgan futbolchilar – Filip Rayevas (5 ta gol), Suhrob Berdiyev (4 ta gol) hamda Nosirbek Otaqo‘ziyev (3 ta gol) bo‘lib turishibdi.

“Lokomotiv” tarkibida esa Marat Bikmayev 10 ta gol kiritib, to‘purarlar bahsida yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, shuningdek, Jaloliddin Masharipov 5 ta gol hamda Sardor Mirzayev 3 ta gol kiritib, futbol jamoatchiligi diqqat markazida bo‘lib turishibdi.

Ta’kidlash joizki, uchrashuv soat 17:30da start oladi. Uni Vladislav Seytlin boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:43, 16.05.2017.
O'qildi: 2829 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.