Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Yoshlar ligasida «Qo‘qon-1912» «Lokomotiv»ni mag‘lub etdi

Yoshlar ligasida «Qo‘qon-1912» «Lokomotiv»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Yoshlar ligasi 11-turida «Qo‘qon-1912» «Lokomotiv»ni qabul qildi.

Uchrashuvdagi dastlabki xavfli vaziyatni mehmonlar vujudga keltirishdi. 4-daqiqada mehmonlar jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Bobur Ergashevning zarbasini Aziz Ashurov qiyinchiliksiz bartaraf etdi. Shundan keyin har ikki jamoa vakillari tashabbusga ega bo‘lish uchun harakat qilishdi.
26-daqiqada Doston Meliqo‘ziyev jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qila olmadi. Aks holda… Keyingi hujumda endi Andrey Sidorov to‘pga yeta olmadi.
29-daqiqada mehmonlar o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Bobur Tillaboyev deyarli bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol eta olmadi.
35-daqiqa Doston Meliqo‘ziyev hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakuniga yetdi.
Ikkinchi bo‘limni mezbonlar shiddatli hujumlar bilan boshlashdi. Dastlabki hujumda raqib darvozasi ishg‘ol etilishi mumkin edi. Ammo Doston Meliqo‘ziyev to‘pga yeta olmadi.
52-daqiqada mezbonlarning ajoyib kombinasiyasini Dilshod Baratov gol bilan yakunladi. Qolgan daqiqalarda raqib darvozasi oldida bir qator vaziyatlarni yaratgan futbolchilar hisobni o‘zgartira olishmadi.

Yoshlar ligasi, 11-tur
“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” – 2:0 (1:0)
Gollar: Doston Meliqo‘ziyev – 35, Dilshod Baratov – 52.

Hakamlar: A. Shukurullayev, SH. A’zamov, J. Hakimov, S. Rahmonov.
Nazoratchi: A. Arutyunov.
O‘zPFL vakili: B. Mametov.
“Qo‘qon-1912”: 12.Aziz Ashurov (30. Islom Abdullayev-46), 4. Doniyor To‘lashev (7. Ramzbek Isaqov-88), 6. Dilshod Baratov (26. Oxun Olimov-67), 8. Baxtiyor Abdubannonov (23. Dadaxon Sulaymonov-76) , 11. Andrey Sidorov (15. Ibrohim Ahmadjonov-46), 18. Ismoil Oxunjonov, 19. Doston Meliqo‘ziyev (70. Ibrohim Usmonov-79), 22. Muhammadanas Hasanov, 24. Ma’mur Rahimov (10. Ibrohim Muxtorov-82), 28. Avaz Mamatxo‘jayev, 29. Iqbol Malikjonov.
“Lokomotiv”: 96. Rustam Nortojiyev, 7. Bobur Tillaboyev (28. Akbar Quchqorov-55), 8. Jahongir Safarov, 10. Bek Abdullayev (27. Shoxrux Mo‘minqulov-66), 18. Rustam Hamrayev, 22. Ulug‘bek Abdullayev, 24. Azizbek Amanov (11. Alisher Sheraliyev-75), 36. Yusuf Shoimov, 70. Bobur Ergashev (68. Vohid Yusunov-77), 77. Dilshod Ergashev (41. Hamidullo Sobirov-87), 87. Farrux Ibrohimov.
Zaxira: 1. Vladimir Vagin, 31. Otabek Muhamedov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 20:15, 16.05.2017.
O'qildi: 3506 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик