OCHL 6-tur doirasidagi 16ta o‘yinda jami 57ta gol urildi va shulardan 7tasini bizning klublar qabul qildi - chinakamiga g‘aribona finish.
Qarang, Eron, Yaponiya va Xitoyning 3tadan jamoasi nimchorak finalga yo‘l oldi, koreyslar esa xuddi oliy ligamiz vakillari kabi barchani ajablantirishdi. To‘g‘ri, so‘nggi pallada OCHLga ilingan «Jeju Yunayted» keyingi raundga chiqqan «K»-ligasining yagona jamoasi bo‘ldi.
«A» guruhi
*** «Al-Ahli» (BAA) klubining afrikalik legioneri Asamoa Gyan vaqtida Afrika va Yevropa klublari turnirlarida ham qatnashgan, lekin gol urolmagan. Uning «sariq qit’a»ga kelganiga 5 yildan oshdi va OCHLdagi gollari soni 19taga yetdi.
«B» guruhi
*** Avvalgi mavsum Eron chempionatida g‘olib chiqib, shov-shuv ko‘targan Huzistonning «Istiqlol» klubi OCHL nimchorak finaliga yo‘l ochdi. U bu borada «Lester»ni eslatyapti. Zero, Eron chempionatida atigi 7-o‘rinni band etdi. Demak, keyingi mavsumda bu jamoani xalqaro maydonda ko‘rmasak kerak.
*** «Al-Jazira» OCHLda atigi 2 ochko olgan bo‘lsa hamki, BAAda chempionlikni muddatidan oldin rasmiylashtirdi. Qizig‘i, jamoa OCHLdagi o‘yinga qadar ichki chempionatning oxirgi 5ta turida gol qo‘yib yubormagandi.
«C» guruhi
*** «Bunyodkor»ning OCHLdagi umumiy statistikasi yanada yomonlashdi: 81ta o‘yin, 27ta g‘alaba, 22ta durang, 32ta mag‘lubiyat. To‘plar nisbati: 90-104. Jamoa xususan, 5-marta 0:3 hisobida yengildi (barchasi safarda). «Bunyodkor»ning turnirdagi eng yirik mag‘lubiyati 2009 yili «Al-Ittifoq» maydonida qayd etilgandi - 0:4.
*** «Zob-Ohan» 2016 yilning mart oyidan buyon ilk marta ketma-ket 2ta o‘yinda gol urolmadi. Forslar o‘shanda «Bunyodkor» va «Lahviya» bilan o‘yinlarda 0:0 hisobini qayd etishgandi.
*** «Al-Ayn» pleymeykeri Umar Abdulrahmon joriy mavsum 5ta gol urishdan tashqari, yana 5tasiga hammualliflik qildi. Samarali uzatmalar soni bo‘yicha keyingi yaxshi natija Rodrigo Tabata («Al-Rayyan») va Kengo Nakamura («Kavasaki Frontale»)ga tegishli - 4tadan «pas».
«D» guruhi
*** «Piruzi» hujumchisi Mehdi Taremi OCHLda ilk marta «xet-trik»ka erishdi. Bu joriy mavsum hisobidan 2-«xet-trik»dir. OCHLda Eron klublari futbolchilari qayd etgan «xet-trik»lar: Chimba («Fulad», 2014 yil); Imon Zayd («Piruzi», 2012 yil), Rasul Xatibi («Sepahon», 2005 yil); Muhsin Bayatiniya (PAS, 2005 yil).
«E» guruhi
*** OCHL guruh bosqichida 3-marta ishtirok etgan «Brisben Roar» avvalgi urinishlarida bo‘lgani kabi yana keyingi bosqichga chiqolmadi. Jamoaning joriy mavsum urgan 4ta golidan 3tasiga hujumchi Jeymi Maklaren mualliflik qildi.
«F» guruhi
*** Andre Villash-Boash «Shanxay SIPG»ning «Vestern Sidney»ga qarshi o‘yinida legionerlardan faqat Odil Ahmedov va Elkesonni maydonga tushirdi.
«G» guruhi
*** «Guanjou Evergrand» hujumchisi Rikardo Goulartning OCHLdagi statistikasi: 26ta o‘yin (2147 daqiqa), 15ta gol. Braziliyalik futbolchi mazkur klub uchun jami 103ta o‘yinda 66ta gol urgan. Xitoy grandi uni 2015 yil boshida 15 mln. yevroga sotib olib, 4 yillik shartnomani rasmiylashtirgandi.
*** «Kavasaki Frontale» 2014 yilning 19 martidan buyon guruh bosqichida mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti. Yaponlar o‘shanda «Vestern Sidney» maydonidan 0:1 hisobi bilan qaytishgandi. E’tiborlisi, «Kavasaki» 2007 yili ham guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunlagandi: 5ta g‘alaba, 1ta durang. Ammo chorak finalda gol qo‘yib yubormagan bo‘lsada, keyingi bosqichga chiqolmagan, ya’ni penaltilar seriyasida omadsizlikka yo‘liqqandi.
«H» guruhi
*** «Jiangsu Sunin» joriy mavsum guruh raundida eng ko‘p g‘alabaga erishgan jamoa bo‘ldi. Qizig‘i, xitoyliklar atigi 9ta gol urgan holda, 5ta o‘yinni o‘z foydalariga hal qilishdi.
«Sadoqat timsoli». Kengo Nakamura. 1980 yilning 31 oktyabr kuni Kodayra muzofoti (Tokio megapolisi)da tug‘ilgan. Bo‘yi - 175 sm., vazni - 66 kg. Chuo universiteti ingliz san’ati fakultetida tahsil olib, bakalavr darajasiga erishgan. Markaziy yarim himoyachi. 2003 yildan buyon «Kavasaki» safida. 2009, 2010 va 2014 yillar mavsumida ham OCHLda ishtirok etgandi. Turnirda jami 25ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urgan va 2ta sariq kartochka olgan. JCH-2010 va Konfederasiyalar kubogi-2013da qatnashgan. Joriy mavsum asosan o‘tkir uzatmalari bilan ajralib turdi. 2016 yili Yaponiyaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan.
To‘purarlar: 6ta - Mehdi Taremi («Piruzi»); 5ta - Alan («Guanjou Evergrand»), Marat Bikmayev («Lokomotiv»), Umar Abdulrahmon («Al-Ayn»), Rafael da Silva («Urava Reds»).
1|8 FINAL
«G‘arb» mintaqasi
22 may (dushanba)
«IstiQlol» (Eron) - «Al-Ayn» (BAA)
«Al-Ahli» (S.Arabistoni) - «Al-Ahli» (BAA)
23 may (seshanba)
«IstiQlol» H. (Eron) - «Al-Hilol» (S.Arabistoni)
«Piruzi» (Eron) - «Lahviya» (Qatar)
------------------------------------------------------------------------------------------------------
«Sharq» mintaqasi
23 may (seshanba)
«Muangtong Yunayted» (Tailand) - «Kavasaki Frontale» (YAponiya)
«Guanjou Evergrand» (Xitoy) - «Kashima Antlers» (YAponiya)
24 may (chorshanba)
«Shanxay SIPG» (Xitoy) - «Jiangsu Sunin» (Xitoy)
«Jeju Yunayted» (J.Koreya) - «Urava Reds» (YAponiya)
Mintaqa va milliy chempionatlar bo‘yicha
«G‘arb» mintaqasi klublari 6-turda 32ta, «Sharq» vakillari esa 25ta gol urishdi. J.Koreya jamoalari 3ta g‘alaba va 1ta mag‘lubiyat qayd etdi - eng yaxshi ko‘rsatkich. Guruh bosqichida yutqazmagan klublar: «Lahviya», «Al-Ayn» (BAA), «Al-Hilol», «Guanjou Evergrand», «Kavasaki Frontale».
Zaxira o‘rindig‘i vakillari gollari
Turnirda urilgan jami gollardan 9,90 foizi (303ta 30tasi) zaxira futbolchilari hisobiga to‘g‘ri keldi.
5ta
«Urava Reds»: Rafael da Silva - 4ta, Shinzo Korogi
4ta
«Suvon Samsung»: Jonatan da Silva - 3ta, Kim Jong Vu
2ta
«Adelaida Yunayted»: Eli Babalj, Mark Ochiyeng
«Al-Vahda»: Ismoil Matar, Xalil Ibrohim
«Istiqlol» H.: Salmon Bahroni, Mehdi Zobaydi
«Ulsan Xyunday»: Li Jong Xo, Kim Yong Jin
1ta
«Al-Ahli» (BAA): Amir Fahad
«Al-Ayn»: Ibrohim Diaki
«Al-Hilol»: Muhammad al Shlxub
«Al-Rayyan»: Serxio Garsiya
«Bunyodkor»: Shahzod Nurmatov
«Zob-Ohan»: Murtazo Tabrizi
«Lahviya»: Yussuf Msakni
«Al-Fotih»: Ali Ahmad
«Jeju Yunayted»: Frederik Mendi
«Kashima Antlers»: Riota Nagaki
«Seul»: Deyan Damyanovich
«Kavasaki Frontale»: Tasuya Xasegava
«Vestern Sidney»: Joshua Sotirio