Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Boku—2017. O‘zbekiston delegasiyasi bir kunda 6 ta oltin yutib oldi. Teng yarmi bokschilarniki

Boku—2017. O‘zbekiston delegasiyasi bir kunda 6 ta oltin yutib oldi. Teng yarmi bokschilarniki

Baho:
+1 | -

Ozarbayjon poytaxti Bokuda davom etayotgan «Islom birdamlik o‘yinlari»da O‘zbekiston delegasiyasi oltinlari sonini 14 taga yetkazib oldi.

18 may — payshanba kuni delegasiyaning olti sportchisi shohsupaning eng yuqorisidan joy oldi.

Boksning -56 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Abdulhay Shorahmatov, -64 kilogrammacha vaznida Aliyor Noraliyev va -69 kilogrammli sportchilar o‘rtasidagi musobaqasida Bobo-Usmon Baturov barcha raqiblarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, yengil atletikaning balandlikka sakrash musobaqasida Nadiya Dusanova, taekvondoning -74 kilogramm vazn toifasida Nikita Rafalovich hamda para-atletikaning nayza uloqtirish musobaqasida Aleksandr Svechnikov O‘zbekiston delegasiyasi uchun oltin medallar olib berdi.

18 may kuni Mo‘minjon Abdullayev yunon-rum kurashining 100 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilari o‘rtasidagi musobaqasida va Umida Abdullayeva taekvondoning 62 kilogrammgacha bo‘lgan qizlari turnirida kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Payshanba kuni qo‘lga kiritilgan yagona bronza yengil atletikachi Nigina Sharipovaga tegishli bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallab turibdi. Ayni paytda delegasiya sportchilari qo‘lga kiritgan oltin medallar soni Eron termasinikidan 2 taga kamroq.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:35, 19.05.2017.
O'qildi: 8730 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.