Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

O‘zbekiston kubogi. "Dinamo" o‘z maydonida "Olmaliq" bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston kubogi. "Dinamo" o‘z maydonida "Olmaliq" bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Dinamo» va «Olmaliq» jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin durang natija bilan yakunlandi.

Ushbu bahsda har ikki jamoa ham asosiy tarkibni tushirdi deyish qiyin. Uchrashuvni hujumkor boshlagan mezbonlar 12-daqiqada hisobni ochishdi. Burchakdan Orif Mamajonov tomonidan yetkazib berilgan to‘pni Shohruh Xolmatov bosh bilan «Olmaliq» darvozasiga kiritdi, 1:0.

Jamoalar ushbu natija bilan tanaffusga chikib ketish arafasida turganlarida, Zabihullo O‘rinboyev muvozanatni tikladi, 1:1.

Ikkinchi bo‘limda samarqandlik futbolchilar g‘alaba ilinjida o‘yin tizginini qo‘lga olib hujumkorlikka urg‘u berishgan bo‘lishsada, omad mehmonlarga kulib boqdi. Sardor Sulaymonov, Abdumalik Abdullayev, Javohir Qahramonov, Amirjon Safarovlar o‘yin davomida bir qator vaziyatlarga ega bo‘lishgandi, ammo omad ulardan ochiqchasiga yuz o‘girdi.

Qarshi hujumlarda esa gohida Temur Jo‘rayev jamoa joniga oro kirgan bo‘lsa, gohida tajribali Aleksey Nikolayev va yosh Hakimxon A’lamxonov himoya tandemi ishonchli o‘yin namoyish etdi. Tomoshabop o‘tgan bahsda «Dinamo» har qancha hujumkor o‘yin namoyish etmasin, bahs murosali durang bilan intiho topdi – 1:1.

Javob uchrashuvi 31 may kuni Olmaliq shahrida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Kubogi. 1/8 final.

22 may (dushanba)

«DINAMO» - «OLMALIQ» - 1:1

Samarqand, 7200 tomoshabin.

Hakam: Hasan Ro‘ziyev (Toshkent).

Gollar: Shoxrux Xolmatov 12, - 1:0. Zabihillo O‘rinboyev 45, - 1:1.

«Dinamo»: Temur Jo‘rayev, Mirkomil Lokayev, Hakimxon Alamxonov, Jasur Azimov (Jasur Qurbonov, 71), Abdumalik Abdullayev, Shoxruh Xolmatov, Aleksey Nikolayev, Orifjon Mamajonov (Javohir Qahramonov, 59), Iskandar Xolmirzayev, Saidjamol Davlatjonov, Amirjon Safarov (Sardor Sulaymonov, 52).

«Olmaliq»: Xurshid Xo‘jayev, Abduqahhor Xojiakbarov, Dilshod Jo‘rayev, Alibobo Rahmatullayev (SHota Grigalashvili, 45), Zabihillo O‘rinboyev (Doniyor Usmonov, 77), Shoxnazar Norbekov, Viktor Klishin, Islom Inomov, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Rahmatullo Berdimurodov, Vladislav Kasminin.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 20:23, 22.05.2017.
O'qildi: 3085 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик