Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Viktor Kumikov: «Maqsadimiz «Dinamo» to‘sig‘idan o‘tish»

Viktor Kumikov: «Maqsadimiz «Dinamo» to‘sig‘idan o‘tish»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogidan o‘rin olgan «Dinamo» - «Olmaliq» (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Viktor Kumikov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugungi o‘yin natijasini biz uchun qoniqarli deya olaman. Safarda durang o‘ynash kubok bahsida yomon natija emas. Vaziyatlardan foydalansak, g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Javob uchrashuvi oldidan kichik bo‘lsada ustunlikka egamiz.

- «Dinamo» va «Olmaliq» ikki hafta oldin chempionatda ham o‘zaro o‘ynagandi. Bu oraliqda «Dinamo»ning o‘yini qanchalik o‘zgaribdi?

- «Dinamo» safardan ko‘ra, bugun o‘z maydonida ancha yaxshi o‘ynadi. O‘shanda o‘z uyimizda ustunlik bizda edi, bugun esa raqib ancha yaxshi o‘yin namoyish etdi. Dastlabki bo‘lim yakunida muvozanat tiklangach, ikkinchi bo‘limda qarshi hujumda to‘p surdik, ammo vaziyatlardan foydalana bilmadik.

- «Olmaliq» jamoasi oldida Kubok bahslarida qanday maqsad qo‘yilgan?

- Maqsad? «Dinamo» to‘sig‘idan o‘tish. Hozircha shuni uddalaylik, keyin esa ko‘raveramiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:27, 22.05.2017.
O'qildi: 2520 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик