Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

“CHelsi”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi kim?

“CHelsi”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi kim?

Baho:
+ | -

93 ochko jamg‘argan “Chelsi” bu yilgi Premyer Liga mavsumining chempioniga aylandi. Antonio Konte o‘tgan yili 10-o‘rinni olgan deyarli o‘sha tarkibni sayqallashtirib mo‘’jiza amalga oshirdi.

Ushbu tarkibning bir qator a’zolari o‘zlarining yorqin o‘yinlarini o‘tkazishdi biroq, ulardan ba’zilari esa ajoyib mavsumni o‘tkazishdi. Goal.com nashri kuchli tarkibdan faqatgina uch futbolchini saralab oldi.

Sezar Aspilikueta

Serqirra himoyachi mavsum davomida besh pozisiyada o‘ynab ko‘rdi va deyarli barchasida o‘z vazifasini a’lo darajada bajardi. Aspilikueta Antonio Kontening uch himoyachidan iborat o‘yin uslubida esa markaziy himoyachi rolini ham mukammal bajarib berdi. Ispaniyalik himoyachi Terridan ham ko‘ra ko‘proq yetakchilik vazifasini bajardi. Gari Keyhill ham bu borada undan qolishgani yo‘q, shunga qaramay Aspilikueta maydonda yetakchilardan biri bo‘ldi.

Aspilikueta “Chelsi”ning Premyer Ligadagi barcha uchrashuvlarida maydonga tushgan yagona futbolchi bo‘ldi. Qo‘shimcha tariqasida, aynan Sezar Premyer Ligada eng ko‘p uzatmani amalga oshirgan futbolchiga aylandi.

Eden Azar

Eden Azar « Chelsi »ning mohir a’zosi hisoblanadi va jamoasini mavsum mobaynida bir qator qiyin vaziyatlarda qutqarib qoldi. Uning 16 goli va 5 golli uzatmasi Premyer Liga chempionligiga erishishda muhim qadam bo‘ldi.

O‘tgan mavsumda belgiyalik futbolchi o‘zining bor imkoniyatini ko‘rsata olmagan bo‘lsa, Kontening 3-4-3 sxemasida eng yuqori saviyasini topa oldi. Erkin futbolchi sifatida harakat qilishi haqiqatdan uning barcha qirralarini ochib berdi.

Ngolo Kante

Belgiyalik sardor afsuski asosiy yetakchi emas. Ngolo Kante “Chelsi”ning eng yaxshi futbolchisi, Premyer Liganing esa eng yaxshi transferlaridan biriga aylandi. Mavsum boshida champion “Lester”dan 40 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan futbolchi darhaqiqat ajoyib transferlardan biri bo‘ldi.

Fransiyalik yarim himoyachi biroz vaqt muqaddam, Angliya jurnalistlari uyushmasi tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Uning jamoasiga ko‘rsatgan ta’siri ancha sezilarli chiqdi va chempionlik yo‘lida asosiy yetakchilardan biri bo‘ldi. Antonio Konte va uning murabbiylari shtabi Kanteni o‘z o‘yinini yanada kuchaytirishiga va bir pog‘ona yuqorilashida muhim omil bo‘ldi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 22:59, 23.05.2017.
O'qildi: 6490 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.