Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

O‘zbekiston kubogi. «Nasaf» - «Paxtakor». Prevyu

O‘zbekiston kubogi. «Nasaf» - «Paxtakor». Prevyu

Baho:
+ | -

“Nasaf” 30 may, seshanba kuni O‘zbekiston Kubogi 1/8 finalining javob uchrashuvida “Paxtakor”ni qabul qiladi. Xabaringiz bor, 22 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvda “ajdarlar” 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan. Uchrashuv G‘uzor shahridagi, “G‘uzor” markaziy stadionida soat 18:30da boshlanadi.

O‘zbekiston Kubogi-2017. 1/8 finali javob uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) - “Paxtakor” (Toshkent)
30.05.2017. “G‘uzor” markaziy stadioni. 18:30da
Hakamlar: Zokir Qodirov (Navoiy), Obid Jumayev, Ruslan Samandarov (barchasi — Navoiydan), Komiljon Rasulov (Qashqadaryo vil.)
Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent).
Dastlabki uchrashuv: “Paxtakor” – “Nasaf” 0:3

Mazkur jamoalar O‘zbekiston Kubogi bahslarida 15 marta to‘qnash kelishgan. Ularning 4 tasida “Nasaf”, 6 tasida “Paxtakor” zafar quchgan. 5 uchrashuvda durang qayd etilgan. Jamoalar kubok finallarida ham ikki marta, 2003 va 2011 yillar o‘zaro hisob-kitob qilishgan.

“Nasaf” va “Paxtakor” jamoalari O‘zbekiston superkubogida ham bir marta kuch sinashishgan. Bu uchrashuv o‘tgan yili Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan. Unda qarshiliklar 1:0 hisobida ustun kelgan.

Mazkur jamoalar bu yilgi O‘zbekiston  Kubogi bahslarining 1/8 finalida tuqnash kelishdi. Yuqorida aytganimizdek, 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida “Nasaf” raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Javob uchrashuvi ham juda qiziqarli va keskin bo‘lishi turgan gap. Bunga sabablar talaygina. “Paxtakor” jamoasi dastlabki uchrashuvdagi hisob tasodif ekanligini isbot qilishga urinsa, “Nasaf” bu yilgi kubok bahslarida ham o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘yganligini isbotlash uchun maydonga tushadi. Albatta, bu yilgi kubok uchun kurashda, keyingi bosqichga chiqish uchun Berdiyev shogirdlarida imkon ko‘proq.

Umuman olganda bu uchrashuvdan ko‘proq muxlislar yutishadi. Chunki, bu jamoalar o‘rtasidagi hoh chempionat, hoh kubok uchrashuvlari bo‘lsin, doimo murosasiz va kurashlarga boy tarzda o‘tgan.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:10, 29.05.2017.
O'qildi: 4953 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.