Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Mirjalol Qosimov: “O‘zimiz istagandek o‘yin ko‘rsatdik” (+video)

Mirjalol Qosimov: “O‘zimiz istagandek o‘yin ko‘rsatdik” (+video)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogidan o‘rin olgan "Bunyodkor” – “Sho‘rtan” (3:0) uchrashuvidan keyin “qaldirg‘ochlar” ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini aytdi.

"Uchrashuvni o‘zimiz istagandek o‘tkazdik. Chiziqlar orasidagi bog‘liqlik, tezkor va pressing futbol yaxshi chiqdi. Hisobdan ham qoniqdik. Biroq vaziyatlarni golga aylantirishda yana ham aniq o‘ynashimiz kerak. Avvalgi matbuot anjumanlarida ta’kidlab o‘tgan edim, gol urish borasidagi statistikamiz maqtanarli emas. Bu borada ishlashda davom etamiz. Jamoa oldiga Osiyo Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish vazifasi qo‘yilgan. Bu boradagi eng yaqin yo‘l – mamlakat kubogi. Shunday ekan, kubokdagi har bir bahsda jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim. Qolaversa, chempionatdagi o‘yinlarimizda ham kerakli ochkolarni jamg‘arishimiz darkor. Ilgarilari jamoa kuchiga o‘rta chiziqqa nazar solib baho berilardi. Hozir esa bu holat zahira o‘rindig‘iga qarab aniqlanmoqda. Zaxira o‘rindig‘imiz juda qisqa. Davralar oralig‘ida imkon qadar tarkibni kuchaytirishga harakat qilamiz. Raqobatni kuchaytirmas ekanmiz, o‘yinimizni ham o‘zgartira olmaymiz", - dedi Mirjalol Qosimov.

 

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 01:52, 01.06.2017.
O'qildi: 5005 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик