Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Vadim Abramov: «Neftchi»dan taklif oldim, Farg‘onada ishlash imkoniyatim katta»

Vadim Abramov: «Neftchi»dan taklif oldim, Farg‘onada ishlash imkoniyatim katta»

Baho:
+ | -

Ayni damda ishsiz bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov Oliy Liga klublaridan birida faoliyat boshlashi kutilmoqda. Tajribali mutaxassis Farg‘onaning «Neftchi» klubidan taklif oldi. Joriy mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazayotgan Farg‘ona jamoasida yaqinda murabbiylar iste’foga chiqarilgandi. Vadim Abramov «Erudit Sport» gazetasiga bergan intervyusida «Neftchi»da ish boshlashim mumkinligini yashirmadi.

— Vadim Karlenovich, tez orada Oliy Ligada ish boshlashingiz bilan tabriklasak bo‘ladimi?
— Bunga umid qilaman. Ammo ayni damda ishsizman.

— «Neftchi» klubidan taklif olganingizni rad etmassiz?
— Chindanam «Neftchi»dan taklif oldim. Namanganda o‘tgan «Navbahor» — «Neftchi» o‘yinida farg‘onaliklarni o‘yinini stadiondan turib kuzatdim.

— Farg‘onada ish boshlashingiz imkoniyati qanchalik?
— Farg‘ona menga begona emas, u yerda ish boshlashim imkoniyati katta. Ammo hali hammasi aniq emas, tez orada ma’lum bo‘ladi.

— «Neftchi» varianti qanday paydo bo‘ldi?
— Bilasiz, klubda yaqinda o‘zgarishlar bo‘ldi. Klub yangi raisi Toxir Kapadze taklif bilan chiqdilar. Toxir Veysalovich bilan oldin terma jamoalarda birga ishlaganman. Farg‘ona klubi rahbariyati bilan gaplashgach, taklifni rad etmadim.

— Yuriy Sarkisyan davrida «Neftchi»da ishlagansiz. Farg‘onada yana bu hamkorlikni ko‘rish mumkinmi?
— Qanday javob berishga ham hayronman, buni Yuriy Vazgenovichdan so‘rash kerak.

— «Buxoro»dan taklif tushganida, faqat Toshkent klubida ishlash rejangiz borligini aytgan edingiz…
— Toshkent jamoalaridan hech qanday taklif tushmagach, «Neftchi»ning taklifini ko‘rib chiqishga qaror qildim. Ammo, klubda hali ish boshlaganim yo‘q. Nima bo‘lishini tez orada bilib olasiz.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 17:14, 02.06.2017.
O'qildi: 5722 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик