«Atletiko» himoyachisi Teo Ernandes Ispaniya terma jamoasi safida ishtirok etmoqchi.
Marca xabariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi Fransiyaning Marsel shahrida tug‘ilgan. Ammo anchadan buyon Ispaniyada yashamoqda. Futbolchi yaqinda Fransiya U-21 termasidan chaqiruv olgandi, biroq unga rad javobini berdi. Endi u Ispaniya terma jamoasida o‘ynash uchun barcha hujjatlarni rasmiylashtirmoqchi.