Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 0-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Abdumavlon Abdujalilov: "Har bir bahsda g‘alaba qozonishni istaymiz"

Abdumavlon Abdujalilov: "Har bir bahsda g‘alaba qozonishni istaymiz"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining bu yilgi mavsumida "Neftchi" jamoasi muvaffaqiyatli tarzda odimlamoqda.

Farg‘ona klubi musobaqaning nimchorakfinalida "Navbahor"ga qarshi raqobat olib borib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. Jamoa darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov esa klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida jamoaning O‘zbekiston Kubogidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi

«Birinchi o‘rinda muxlislarga katta rahmat aytmoqchiman. Chunki ularning ulkan daldasi bilan O‘zbekiston Kubogidagi yurishimizni davom ettiramiz. Aynan ishqibozlarning qo‘llab-quvvatlashi natijasida "Navbahor" to‘sig‘idan o‘tdik deb o‘ylayman. Shuningdek yigitlarning mashg‘ulotlardagi mehnatini ham alohida e’tirof etish kerak. Namanganda juda og‘ir bahs kechdi. Xar ikkala jamoa ham keyingi bosqichga chiqishni juda istagan edi. Biroq mazkur qarama-qarshilikda bizning istagimiz kuchli bo‘lib chiqdi. Sherzod Hakimovning super goliga alohida to‘xtalib o‘tmasam bo‘lmaydi. Darvozabon sifatida shuni ayta olamanki, bunday mahorat bilan berilgan zarbani qaytarish juda qiyin. Gol haqiqitdan ham chiroyli chiqdi. Jamoamizning o‘yini asta-sekin kuchayib bormoqda. O‘zbekiston Kubogida ham munosib ishtirok etishni istaymiz. Maqsadimiz xar bir bellashuvda muxlislarimizni xursand etish», - dedi Abdujalilov.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 21:55, 02.06.2017.
O'qildi: 3081 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик