"Yuventus" hujumchisi Mario Manjukich YECHL finalida "Real"ga qarshi uchrashuvda hisobni tenglashtirdi (1:1).
Manjukich 27-daqiqada javob to‘pini kiritdi. Shu tariqa xorvatiyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu va Vilibor Vlasovichdan so‘ng YECHL/CHempionlar kubogi musobaqasida ikkita turli jamoada gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Manjukich 2013 yilgi finalda "Bavariya" safida "Borussiya" D darvozasini ishg‘ol qilgan edi.