Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Vulverhempton - Liverpul
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchi «Amkar»da faoliyat olib bormoqda

O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchi «Amkar»da faoliyat olib bormoqda

Baho:
+ | -

Asli O‘zbekistonda tug‘ilib hozirda Rossiyaning “Amkar” klubida faoliyatini davom ettirayotgan 19 yoshli yarimhimoyachi Rustam Vazitdinov futbolga qanday kirib kelgani haqida fikr bildirib o‘tdi.

“O‘zbekistonda tug‘ildim, ota-onam bilan 4 yoshligimda Rossiyaga ko‘chib kelgandik. 8 yoshimdan futbol va kurash sport turlari bilan shug‘ullandim. Futbol bo‘yicha Boshkirdistonning Oktyabrskiy shahrida joylashagan 4-BO‘SMda shug‘ullanishni boshlaganman.

Futbolga kirib kelishim juda ham qiziq bo‘lgan. Har kuni akam va uning do‘stlari bilan uyimiz oldidagi maydonchada to‘p tepardik. Bir kuni futbol murabbiyi oldimga kelib, meni o‘z mashg‘ulotlariga taklif etdi.

Avvaliga bu taklifni jiddiy qabul qilmadim. Chunki kurash menga futboldan ko‘ra qiziqroq hisoblanardi. Lekin uning taklifiga ham qarshi chiqmadim, ota-onam buni bilishganidan so‘ng juda ham xursand bo‘lishdi.

Birinchi kungi mashg‘ulotdan so‘ng o‘zimni ajoyib holatda his etardim. Kurashga qatnashganim uchun maydonda baquvvat edim, kuchim uzoq vaqtga yetardi.

Lekin futbol o‘ynash oson emasligini bildim. Avvaliga maydonda shunchaki to‘psiz yugurardim va mendan nima ta’lab etishayotganini tushunmasdim. Ammo katta ishtiyoq bilan shug‘ullanishm tufayli, bu menda futbolga bo‘lgan o‘zgacha mexrni keltirib chiqardi.

Asta-sekin maydonda boshqalardan ajralishni boshladim, manzilimga iliq so‘zlar bildirishganida bundan doim xursand bo‘lganman. Chunki tomoshabinlar harakatlarimni ko‘pincha maqtashga o‘rganishgan”, - deydi Vazitdinov «Amkar» FK klubi rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:38, 07.06.2017.
O'qildi: 6130 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.