Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Ronalduning “Real”dan ketadigan vaqti bo‘ldimi?!

Ronalduning “Real”dan ketadigan vaqti bo‘ldimi?!

Baho:
+ | -

Aslida, Yevropada 30 yoshdan oshgan futbolchilar yoshi katta futbolchilar hisoblanadi va aksariyat grand klublar bunday futbolchilarni tarkibdan chiqarib, o‘rniga yosh va g‘ayratli o‘yinchilarni qo‘yishadi. Bunga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz. Demak, mantiqan olib qaraganda Krishtianu Ronalduning ham “Real”dagi missiyasi tugagandek. Ayni damda 32 yoshni qarshi olgan portugaliyalik futbolchining jismoniy imkoniyatlari pasaygan. Texnik imkoniyatlari haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi.

Oxirgi paytlarda Ronaldu ijrosida deyarli dribling ko‘rmayapmiz. Ha, hozirgi jismoniy holati unga raqiblarini birin-ketin ortda qoldirish imkonini bermayapti. Ronaldu bunga deyarli urinayotgani ham yo‘q, uringanlari esa samarasiz ketmoqda.

Bundan tashqari, Krishtianu ijrosidagi ajoyib jarima zarbalari ham ko‘rinmay ketdi. Ochig‘i, oxirgi marta Ronalduning qachon jarimadan gol urganini ham yaxshilab eslamasak, eslolmaymiz. Xullas, Krishtianu oldingi darajasidan ancha pasaygan. Madrid jamoasi ham ayni damda o‘zi istagan Ronalduni har doim ham ko‘rayotgani yo‘q.

Eng muhimi, ayni damda Yevropaning bir qator klublari hamon Ronalduga qiziqish bildirishmoqda. Xususan, Xitoy klubi ham Ronalduni sotib olishga urinishdan cho‘chishmayapti, chunki ularda pul bor, ayni damda xitoy jamoasi Ronaldu uchun 180 million yevro taklif qilyapti. Tasavvur qilyapsizmi, 180 million yevro. Ronaldu faoliyatining cho‘qqisiga chiqqanida ham buncha turmagan. Endi esa Florentino Peresda Ronalduning deb mo‘maygina pul ishlab olish imkoni bor. Yoki Ronalduning transferidan tushgan pulga ikkita-uchta yaxshi o‘ynaydigan futbolchi xarid qilsa bo‘ladi.

Ko‘rib turganingizdek, ko‘plab omillar Ronalduning Madriddagi safari tugab borayotganini ko‘rsatmoqda. Biroq ayni paytda Ronaldu shunday o‘ynayaptiki, yoshi sezilgani ham yo‘q. To‘g‘ri, u chiroyli harakalar qilmayapti, lekin kerakli vaziyatda raqib darvozasini ishg‘ol etishni uddalayapti. Qolaversa, hanuzgacha “Real” murabbiylari o‘yinni Ronalduning atrofida qurishyapti. Demak, Ronaldu hozircha ketmay turgani ma’qul.

Ikkinchidan, agar Ronaldu jamoadan ketadigan bo‘lsa, “Real” bu yo‘qotish o‘rnini to‘ldirishga qiynaladi. Ayni paytda “qirollik klubi”da portugaliyalik yulduzning o‘rnini bosadigan futbolchi yo‘q. Bunday futbolchi to‘liq tayyor bo‘lgandagina Ronalduga javob berish mumkin.

Ronalduning “Real”da qolishi uchun yetarli bo‘ladigan eng muhim sabab — uning foydali o‘yin koeffisienti yuqorilab borayotganidir. U avvalgidek o‘zini ko‘rib o‘ynayotgani yo‘q, u asosiy o‘yinlarda jamoasining joniga ora kiryapti, xususan, aynan Ronaldu “Real”ning YECHL kubogi hamda La-liganing bosh sovrinini qo‘lga kiritishiga sababchi bo‘ldi. Yaqinda “Pasportimdagi yoshimning ahamiyati yo‘q”, deya intervyu bergan Ronaldu bu gapini amalda ham isbotlayapti. U “Real”da qolmoqchi bo‘lsa, demak, qolishi kerak. Umuman olganda, “Real”da hali “Ronaldu davri” tugagani yo‘q.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 22:04, 07.06.2017.
O'qildi: 15662 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.