Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Marko Asensioga atalgan mavsum

Marko Asensioga atalgan mavsum

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsum boshida «Real» safiga kelib qo‘shilgan yosh iqtidor egasi Asensio Zidan uchun muqobil variant sifatida olib kelingan edi. Biroq, Asensio mavsumni kutilganidan ham yuqori darajada yakunlay oldi.

Asensio «Qirollik klubi» e’tiborini 2015 yildayoq jalb etgandi. Kamtargina «Malyorka» safida porlagan Asensioni «Real» o‘z safiga qo‘shib oldi va tajriba orttirishi uchn «Espanyol»ga ijaraga berib yubordi. «Espanyol»da ham yuqori saviyadagi o‘yinlarini ko‘rsatishda davom etgan Asensio baribir Madridga olib kelindi.

U uchun sarflangan 3,5 million yevro klub rahbariyatining omadli va aqqli qarori ekanligini tasdiqladi. «Santyago Bernabeu»dagi ilk mavsumini ispaniyalik yarim himoyachi ajoyib tarzda o‘tkazdi.

Yosh iqtidor egasi mavsumni Ispaniya Superkubogi doirasida « Sevilya »ga urilgan gol bilan boshlagan bo‘lsa, mavsumni Kardiffda o‘tgan Chempionlar Ligasi finalidagi gol bilan yakunladi. Shuningdek, Asensio Ispaniya yoshlari termasi safida yaqinda boshlanadigan Yevropa chempionatida ham jamoasining muhim bo‘lagiga aylanishiga hech shubha yo‘q.

Asensio «Real Madrid»ga asosiy tarkibdan o‘rin egallashi mushkul ekanligini bilgan holda keldi. Ammo, mavsum mobaynida Xames Rodriges va Lukas Vazkes kabi futbolchilardan o‘zib ketgan holda bitirdi.

Palma de Malyorkalik iqtidor sohibi 2016/17 yilgi mavsum “oltin davr” sifatida qolmoqda. Futbolchi jamoa bilan La Liga sohibiga aylandi. Bundan tashqari Chempionlar Ligasi, Klublar o‘rtasida Jahon chempionati, Ispaniya Superkubogi kabi sovrinlarni ham yutib oldi. Bundan tashqari Asensioda yaqinda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida ham mavsumni yuqori cho‘qqida yakunlash imkoniyati bor.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 19:00, 10.06.2017.
O'qildi: 6906 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик