Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Joze oqibat qilmadi: Ibra endi qayerda o‘ynagani ma’qul?

Joze oqibat qilmadi: Ibra endi qayerda o‘ynagani ma’qul?

Baho:
+ | -

Mavsum avvalida Joze Mourinyu tufayli “Manchester Yunayted”ga o‘tgan Zlatan Ibragimovich endi aynan Joze tufayli jamoasiz qoldi. Gap shundaki, ketma-ket gollar urib, jamoasini oldinga yetaklab turganida portugaliyalik mutaxassisning sevimli futbolchisiga aylanib ulgurgan Ibragimovich jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqach, “Manchester Yunayted” undan osongina voz kechib qo‘ya qoldi. Ha, natija ko‘rsatmaydimi, o‘ynay olmayaptimi, u kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamoadan ketadi — bu Mourinyuning azaliy qoidasi.

Bir tomondan jamoani ayblab bo‘lmaydi, chunki Zlatan bilan tuzilgan shartnoma yakuniga yetdi. Agar shartnoma muddati tugamay turib aloqani uzganida ayblasa bo‘lardi. Lekin oynaning ikkinchi tomoni ham bor, ayni damda “Manchester Yunayted” Yevropa ligasida g‘olib bo‘ldi, mavsumni uchta sovrin bilan yakunladi, keyingi yili Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Zlatan esa mavsumda milliy chempionatning o‘zida 17 ta gol kiritdi. Xo‘sh, “qizil iblislar”ning natijalariga ana shu 17 gol ijobiy ta’sir ko‘rsatganligini kim inkor eta olmadi? Demak, Ibraning bunda o‘z hissasi bor. Qolaversa, uning transferi “MYU”ga katta foyda keltirdi. Shundan kelib chiqib, jamoa Ibra bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirsa ham bo‘lardi, sababi, futbolchining o‘zi “Manchester Yunayted”da yana o‘ynashni, keyingi yili bu jamoa bilan Yevropa Chempionlar ligasida qatnashishni, qaysidir ma’noda o‘z mehnatining samarasini ko‘rishni niyat qilgandi. Biroq Joze undan osongina voz kechib qo‘ya qoldi. Sabab bitta, Ibragimovich hozir rezultat beradigan holatda emas, Jozega esa bugun muhim, kelajakning ahamiyati yo‘q.

Endi ikkinchi masalaga o‘tsak, Ibragimovich qaysi jamoada o‘ynashi mumkin?

Davomi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:56, 10.06.2017.
O'qildi: 7985 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик