Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Karlush Keyrush: "O‘zbekiston terma jamoasiga qolgan o‘yinlarda omad tilayman"

Karlush Keyrush: "O‘zbekiston terma jamoasiga qolgan o‘yinlarda omad tilayman"

Baho:
+1 | -

Osiyo mintaqasidan JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o‘rin olgan Eron – O‘zbekiston (2:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida eronliklar ustozi Karlush Keyrush o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘yin oson kechdi deb ayta olmayman. Raqib ko‘p vaziyatlarda bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Ammo tartibli o‘yin ko‘rsatib, o‘z maqsadimizga erishdik. Bu kunga qadar erishilgan natijalarning barchasi og‘ir mehnat samarasidir. Bugun futbolchilarimni JCHga yo‘l olgani bilan tabriklamoqchiman. Ular barcha o‘yinda ajoyib o‘ynadi va har biri mundialda ishtirok etish uchun haqli.

Saralash bosqichi davomida bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga ham o‘z minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman. Ularning daldasi bizning muvaffaqiyatga hissa qo‘shdi. Saralash bosqichi mobaynida yuzaga kelgan bir qator muammolarga qaramay, biz barchasini yengib o‘tdik va bizga shuhba qilganlarga kim aslida kim ekanini isbotladik.

Bugun g‘alabani nishonlaydigan kun. Ertagayoq Rossiyadagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishni istardik. Biroq, bu ishda bizga to‘sqinlik va boykott qilmoqchi bo‘lganlar bor. JCHga tayyorgarlik qanday amalga oshishini ulardan so‘rang. Men, murabbiylar shtabi yoki futbolchilardan so‘ramang.

Janubiy Koreya va Suriyaga qarshi o‘yinlarda ham ijobiy natijani qayd etishni maqsad qilganmiz. Bugungi raqib haqida yana to‘xtaladigan bo‘lsam, O‘zbekiston kuchli jamoa va ularga saralashning qolgan o‘yinlarida omad tilayman. ”, – dedi Karlush Keyrush.

Ma’lumot uchun, 8-turdagi g‘alabadan keyin Eron terma jamoasi ochkolari sonini 20 taga yetkazib, muddatidan avval Rossiyadagi mundialga yo‘llanma oldi. O‘zbekiston 12 ochko bilan “A” guruhida uchinchi o‘rinda bormoqda.   

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 01:10, 13.06.2017.
O'qildi: 12935 marta.
Fikrlar: 32 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.