Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Bobur Shodiyev: “Paxtakor” yuqori saviyadagi klubga aylanadi”

Bobur Shodiyev: “Paxtakor” yuqori saviyadagi klubga aylanadi”

Baho:
+ | -

“Paxtakor” futbol klubi Prezidenti Bobur Shodiyev matbuot anjumanida OAV savollariga javob qaytardi.

- Jamoaga yangi futbolchilarni olib kelish masalasini kim hal qiladi?

Bobur SHODIYEV: - Ayni damda jamoa qo‘shib olishni istagan o‘yinchilar ro‘yxati bor. Undan ko‘p futbolchilar o‘rin olgan. Biroq kimlarni olib kelishni faqatgina bosh murabbiy hal qiladi. Bu masalada unga to‘liq erkinlik berilgan. Hech kim murabbiylar faoliyatiga aralashmaydi.

- Klubning hozirgi paytda moliyaviy holati qanday? Homiylar kim?

Bobur SHODIYEV: - Biz barcha moliyaviy imkoniyatlarimizni to‘g‘rilab oldik. Ayni damda moliyaviy tomondan muammo yo‘q. Barcha qarzlarimizni yopib bo‘lganmiz. “Paxtakor”da bundan so‘ng pul bilan bog‘liq muammo bo‘lmaydi. Homiylarga keladigan bo‘lsak, ularning barchasi xususiy tadbirkorlar. Xolding bor va uning tarkibida bir nechta korxonalar mavjud. Ularning sohasi farmasevtika, sug‘urta va boshqa faoliyat turlari bilan bog‘liq. Shubhasiz, yuqori darajadagi klub tashkil qilamiz. Ctadion yangidan quriladi. Yana klub bazasini to‘liq ta’mirlash rejamizdan o‘rin olgan. Bu borada loyihalar o‘rganib chiqilmoqda.

- Jasur Abduraimovning taqdiri nima bo‘ladi?

Bobur SHODIYEV: - Jasur Abduraimovning qayerda ishlashi o‘ziga bog‘liq. U biz uchun kerakli mutaxassis. Unga katta rahmat aytamiz. Chunki u jamoani og‘ir vaziyatdan olib chiqa oldi. Biz Abduraimovga klubda ishni davom ettirishni taklif qilamiz.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 01:27, 24.06.2017.
O'qildi: 10341 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик