Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/06 18:00 Ruminiya 3-0 Ukraina
17/06 20:00 Lokomotiv - Dinamo
17/06 20:00 Olimpik 0-1 OKMK
17/06 21:00 Belgiya 0-1 Slovakiya
17/06 23:59 Avstriya 0-1 Fransiya
18/06 21:00 Turkiya - Gruziya
18/06 23:59 Portugaliya - Chexiya

O‘zbekiston kubogi. «Nasaf» yirik hisobda «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston kubogi. «Nasaf» yirik hisobda «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston kubogi chorakfinalining dastlabki o‘yinida «Nasaf» va «Qo‘qon-1912» bahs yuritdi.

O‘yin mezbonlarning hujumi bilan boshlandi. Ammo mehmonlar himoyada yaxshi harakat qilib, vaziyatlarni qaytarib turishdi.
7-daqiqa mehmonlar hujumi xavfli chiqdi. So‘nggi pallada mezbonlar himoyachisi Maqsud Karimov hujumchi Filip Rayevasga xalaqit qildi.
11-daqiqada jarima zarbasidan Holmuhammedovning uzatgan to‘pini Eldor Suyunov mushti bilan qaytardi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Javohir Sidiqov - Muhammadanas Hasanov kombinasiyasi zarba bilan tugadi. Suyunov yana o‘z o‘rnida.
15-daqiqada mezbonlar jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Aziz Ashurov mahorat ko‘rsatib Aziz G‘aniyevning aniq va kuchli zarbasini bartaraf etdi.
22-daqiqada mehmonlar ajoyib kombinasiya tashkil etdi. So‘nggi pallada Muhammadanas Hasanovning zarbasini Suyunov arang qaytardi.
Qolgan daqiqalarda ham har ikki jamoadan hisobni ochish uchun bir qator vaziyatlar vujudga kelishiga qaramay, birinchi bo‘limda muxlislarga gol ko‘rish nasib etmadi.
Ikkinchi bo‘limni futbolchilari faol boshlashdi. 46-daqiqada Jamshid Hasanovning zarbasini Eldor Suyunov qiyinchilik bilan bartaraf etdi.
52-daqiqada mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Dilshod Raxmatullayev darvozani aniq nishonga oldi.
55-daqiqada chap qanotdan xujumga o‘tgan Berdiyev uzoq masofadan aylanma zarba bilan hisobni tenglashtirdi.
57-daqiqada mezbonlar yana oldinga chiqib olishdi. Bahrom Abduraximov uzoq masofadan juda kuchli zarba bilan gol urdi – 2:1.
85-daqiqada yana o‘sha Bahrom Abduraximov darvozani ishg‘ol etdi – 3:1.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Islom Kenjaboyev to‘rtinchi marta darvozani ishg‘ol etdi – 4:1.
Javob uchrashuvi 26 iyul kuni Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Kubogi
Chorakfinal
Birinchi uchrashuv
«Nasaf» (Qarshi) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – 4:1 (0:0)
Gollar: Dilshod Rahmatullayev – 52, Bahrom Abdurahimov – 57, 85, Islom Kenjaboyev – 90+3. – Suhrob Berdiyev – 55.
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), A. Shodmonov (Buxoro), A. Qo‘ldoshev (Buxoro), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
“Nasaf”: 25. Eldorbek Suyunov, 2. Akmal Shorahmedov, 4. Maqsud Karimov (15. Shaxboz Erkinov – 77), 6. Aziz G‘aniyev (7. Odiljon Hamrobekov – 80), 10. Dilshod Rahmatullayev, 18. Bahrom Abdurahimov, 22. Igor Golban, 23. Sherzod A’zamov (s), 27. Islom Rashidxonov (20. Islom Kenjaboyev-60), 34. Farruh Sayfiyev, 69. Dragan Cheran.
Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 9. Dilshod Xushbakov, 31. Saydullo Rahmatov.
“Qo‘qon-1912”: 12. Aziz Ashurov, 4. Bahodir Akramov, 7. Jamshid Hasanov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev (5. Jalil Kimsanov-72), 10. Javohir Sidiqov, 19. Suhrob Berdiyev, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 77. Murod Xolmuhammedov (85. Ruslan Melziddinov – 90), 96. Muhammadanas Hasanov, 99. Filip Rayevas.
Zaxira: 21. Muzaffar Abdullayev, 8. Sobir Hamidov, 17. Avaz Mamatxo‘jayev, 24. Ibrohim Rahimov, 25. Iqbol Malikjonov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 21:49, 30.06.2017.
O'qildi: 4803 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.