Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

"Futbol do‘stlik uchun" loyihasi davom etmoqda

"Futbol do‘stlik uchun" loyihasi davom etmoqda

Baho:
+ | -

26 iyun kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bolalar futboliga bag‘ishlangan dunyodagi eng katta loyihalardan biri bo‘lgan – «Futbol do‘stlik uchun»ning final bosqichi start oldi.

«Gazprom» kompaniyasi hamda FIFA hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu loyihaga asos solinganiga bu yil 5 yil bo‘ldi. Loyiha bu yil o‘ziga 64ta mamlakatning yosh futbolchilarini jalb qildi. Bu yildan boshlab "F4F"da O‘zbekiston Futbol Federasiyasi ham o‘z vakillari bilan qatnashmoqda.

Bugungi kunda Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi texnik direktori Shavkat Imamov boshchiligidagi delegasiya loyiha doirasidagi tadbirlarda ishtirok etmoqda.Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Ilyos Ahmedov loyihaning futbol turnirida «Yashil do‘stlik jamoasi»da yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa, "F4F"ning yosh jurnalistlarga bag‘ishlangan qismida, ya’ni «F4F-2017»ning Xalqaro bolalar matbuot markazida hamyurtimiz Amir Sharipov tabdirlarni yoritish ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

Aytish joiz, hozirda futbol bo‘yicha Konfederasiyalar kubogiga mezbonlik qilayotgan Sankt-Peterburg shahri butkul futbol bilan yashamoqda. Shahar bo‘ylab muxlislar uchun bir necha maxsus hududlar (fan zonalar) ajratilgan bo‘lib, bu yerga tashrif buyurgan kishi nafaqat Konfederasiyalar kubogi, balki «F4F-2017»ning ham havosini his qiladi. 26-29 iyun kunlari yosh futbolchilar asosan qur’a orqali aniqlab olingan jamoalari tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.

Qayd etish kerak, Ilyos «Yashil do‘stlik jamoasi» tarkibidagi yagona darvozabon hisoblanadi. Shu jihatdan olib qarasak, 1-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan turnirning asosiy o‘yinlari oldidan uning zimmasidagi ma’suliyat yuqori bo‘lib turibdi. Amir ham bugunga kelib o‘z maqolalari uchun ma’lumotlar yig‘ishga zo‘r bergan.Bir necha kunlik jamoaviy mashg‘ulotlardan so‘ng, loyiha tashkilotchilari ishtirokchilarga 30-iyun kuni madaniy xordiq chiqarish uchun keng sharoit yaratib berishdi.

Jumladan, barcha delegasiyalar qatorida O‘zbekiston delegasiyasi ham Rossiyaning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan Sankt-Peterburgning bir qator diqqatga sazovor joylarida bo‘lishdi. Bular qatoriga, shaharning tarixiy qismi markazida joylashgan «Petropavlovsk qo‘rg‘oni»ga uyushtirilgan sayohat loyiha ishtirokchilarida ajoyib taassurot qoldirdi.Endilikda, loyiha o‘zining hal qiluvchi pallasiga kiradi.

1 iyul kuni futbol turniri bo‘lib o‘tadi, 2 iyul sanasida esa «Football For Friendship-2017» loyihasi doirasida Xalqaro bolalar forumi bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, shu kuni ishtirokchilar «Sankt-Peterburg Arena»da bo‘lib o‘tadigan Germaniya – Chili uchrashuvini bevosita o‘yingohdan turib kuzatishadi.

 

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 10:56, 01.07.2017.
O'qildi: 2667 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.