Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘zbekiston U-15 termasi Tojikistonga yetib bordi va ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

O‘zbekiston U-15 termasi Tojikistonga yetib bordi va ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi bayrog‘i ostida 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida CAFA CUP–2017 turniri bo‘lib o‘tadi.

Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligida Tojikistonga jo‘nab ketgan O‘zbekiston o‘smirlar termasi Dushanbe shahriga yetib keldi va ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Dastlabki rejaga ko‘ra, musobaqada 6 mamlakatning o‘smirlar terma jamoasi – Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Eron ishtirok etishi ko‘zda tutilgandi. Biroq eronliklar ma’lum sabablarga ko‘ra turnirda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Avvalroq musobaqaning o‘tkazilish kunlari o‘zgargani haqida ham ma’lumot berilgan edi.

Demak, quyida yangilangan taqvim bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

U-15 CAFA CUP–2017
Tojikiston, Dushanbe

3 iyul, dushanba
18:00 Qirg‘iziston U-15 – O‘zbekiston U-15
21:00 Afg‘oniston U-15 – Tojikiston U-15

4 iyul, seshanba
18:00 Qirg‘iziston U-15 – Afg‘oniston U-15
21:00 O‘zbekiston U-15 – Turkmaniston U-15

5 iyul, chorshanba
18:00 Turkmaniston U-15 – Qirg‘iziston U-15
21:00 Tojikiston U-15 – O‘zbekiston U-15

7 iyul, juma
18:00 Afg‘oniston U-15 – Turkmaniston U-15
21:00 Tojikiston U-15 – Qirg‘iziston U-15

8 iyul, shanba
18:00 O‘zbekiston U-15 – Afg‘oniston U-15
21:00 Turkmaniston U-15 – Tojikiston U-15

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 21:32, 02.07.2017.
O'qildi: 4044 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик