Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

UFFni Mirabror Usmonovning o‘g‘li boshqararmish. U bunga loyiqmi?

UFFni Mirabror Usmonovning o‘g‘li boshqararmish. U bunga loyiqmi?

Baho:
+ | -

Anhor.uz saytida taniqli futbol eksperti Alisher Aminovning «O‘zbekiston futboli: go‘zal peshayvon nimalarni to‘sib turibdi?» sarlavhasi ostida intervyusi e’lon qilindi. Avvalroq ham shu sayt Alisher Aminov bilan intervyu uyushtirgan va suhbat davomida futbolimizdagi og‘riqli holatlar tilga olingan edi.

– Oldingi intervyungizda o‘zbek futbolidagi holatga tanqidiy baho berib, tizimli xarakterdagi muammolarni ochib tashlagan edingiz. Davlat hokimiyati va futbol jamoatchiligining reaksiyasini kutyapsizmi?

Alisher Aminov: – Hozircha reaksiya yo‘q. Aynan muloqotning yo‘qligi, jamoatchilik hali tizimli muammolarni muhokama etishga tayyor emasligini bildiradi. Buning hayron qolarli joyi ham yo‘q. Futbol sub’ektlari uzoq yillar davomida O‘FF e’tiboridan chetda qolgan, muhim qarorlarning absolyut katta qismi federasiya prezidenti tomonidan yakka qabul qilingan.

Shularni e’tiborga olib, yana qaytaraman: faqatgina O‘FF faoliyatini demokratlashtirish, professionallik prinsiplarini joriy etish, qarorlarni qabul qilishda oshkoralik va jamoaviylik tomon yo‘l tutish futbol jamoatchiligi rolini va uning respublika futbol hayotidagi nufuzini oshiradi.

– Shunday fikrlar borki, O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov o‘ziga voris etib o‘g‘li Jahongirni — futzal assosiasiyasi vise-prezidentini tanlagan emish…

– Bu sizni hayron qoldiryaptimi? Meni esa yo‘q. Sobiq SSSRning deyarli barcha mamlakatlari futbol federasiyalari boshqarish uslubi bilan bir-biridan keskin farqlanmaydi. Ularning «umumiy jihati» — futbol hokimiyatining davlat rahbarining qarindoshlari, yaqin do‘stlari yoki kamida safdoshlari tomonidan egallab olinganidir. Masalan, Qozog‘istonda prezident Nazarboyevning hozir marhum kuyovi futbolni boshqargan, endi esa QFF rulida (vise prezident sifatida) — prezidentning yana bir qarindoshi. Tojikistonda futbol bilan prezident Imomali Rahmonning o‘g‘li Rustam shug‘ullanadi. Ozarboyjonda esa — «Sokar» davlat neft kompaniyasi rahbari. Rossiyada prezident Putinning do‘stlari. Belarus va Turkmanistonda ham shunga o‘xshash holatlar.

– Nega siz Jahongir Usmonov O‘FFni boshqarishga qodir emas, deb hisoblaysiz? Axir futzal assosiasiyasining maqtanishga arzigulik natijalari bor emasmi?

Davomi

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 01:10, 04.07.2017.
O'qildi: 18316 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик