Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Oleg Tyulkin: «Muxlislar yarim tunda ziyofat uyushtirishdi"

Oleg Tyulkin: «Muxlislar yarim tunda ziyofat uyushtirishdi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi chorakfinal javob uchrashuvi doirasidagi «Mash’al» - «Dinamo» (1:2) o‘yinidan keyin, samarqandliklar bosh murabbiyi Oleg Tyulkin uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Oleg Pavlovich, yarim final yo‘llanmasi bilan tabriklaymiz! Nihoyat, uchinchi uchrashuvda «Mash’al» mag‘lub etildi…

- Tabrik uchun rahmat. Chindanam, «Mash’al»ga qarshi 10 kun ichida 3 ta uchrashuv o‘tkazganimiz har ikki jamoaga ham oson bo‘lmadi. Biz kabi ular ham bizni juda yaxshi o‘rganib olishgandi. Dastlab chempionat doirasida nursiz durang qayd etildi, kubokning dastlabki o‘yinida esa Samarqandda mag‘lub bo‘lganimiz imkoniyatimizni tushirib yuborgandi. Shunga qaramay, oradagi uch kun ichida murabbiylar shtabi bilan futbolchilarni tayyorlashga intildik. Ko‘pchilik kutmagan bo‘lsada, Muborakda g‘alabaga erisha oldik. Bundan juda xursandmiz.

- Uydagi mag‘lubiyatdan keyin futbolchilarni safarda g‘alaba qozonishga qanday tayyorladingiz?

- Mashg‘ulotlarda bo‘lgani kabi, o‘yin oldidan ham ruhiy jihatdan tayyorlashga intildik. Qolaversa, Samarqanddagi mag‘lubiyatga qaramay, «Dinamo»ga ishonib, Muborakka kelib, jamoani qo‘llab-quvvatlashdan tinmagan muxlislar ham futbolchilarga katta kuch bag‘ishlashdi. Shunday issiqda futbolchilarimiz stadionda faqat samarqandlik muxlislarning ovozlarini eshitib, olg‘a borishdi. Aynan fidoyi muxlislar uchun ham g‘alaba qozonishimiz shart edi. E’tiborlisi, Qashqadaryodan Samarqandga yarim tunda qaytgan bo‘lsakda, ishqibozlar jamoani karnay-surnay sadolari ostida kutib olib, soat ikki kechasi ziyofat uyushtirishdi. Aytingchi, bunday muxlislar yana qayda bor? Bir dasturxonda o‘tirgandan keyin futbolchilar ham ular uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishadi. «Dinamo»ning jonkuyar muxlislariga minnatdorchilik bildiraman.

- Sizningcha, «Dinamo» «Mash’al»dan nimaning evaziga ustunlik qildi?

- 10 kun ichida 3 ta o‘yin jamoalarni toliqtirib qo‘yadi. Muborakdagi o‘yinda futbolchilarimizda ishtiyoq kuchlilik qildi. Qolaversa, tarkibimizning asosini yoshlar tashkil etishi bizning ustunligimiz bo‘ldi. Chunki, ular 90 daqiqa davomida charchoq nimaligini bilmay, jismoniy jihatdan raqibni mag‘lub eta oldilar. Chunki, «Mash’al» 70 daqiqalarga kelib jismonan toliqib qoldi, biz esa jismoniy ustunlik evaziga o‘yinni to‘liq nazorat qila oldik.

- Dastlabki o‘yindagi g‘alaba raqibni javob o‘yini oldidan xotirjamlikka berilishiga sabab bo‘lmaganmikan?

- Bunday deb o‘ylamayman. Chunki, «Mash’al» o‘yin boshidan beshta himoyachi bilan o‘ynab, qarshi hujumda bizni jazolamoqchi edi. Biz esa hujumkor to‘p surib, o‘yinni nazorat qilishga intildik. Aytganimdek, urgan gollarimiz va jismoniy holatimiz evaziga yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kirita oldik. Endi futbolchilarga qisqa muddat ta’til beramiz. Tarkibda o‘zgarishlar bo‘lsa kerak. Chunki, aksariyat ijaradagi futbolchilar klublari safiga borib, yig‘inda ishtirok etishadi. Qisqa ta’tildan keyin yig‘ilib, ikkinchi davra o‘yinlari bilan birga yarim final uchrashuviga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:42, 05.07.2017.
O'qildi: 3777 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.