«Sevilya» himoyachisi Odil Rami «Marsel»ga o‘tadi.
31 yoshli futbolchining feysbukda qoldirgan xabariga ko‘ra, klublar uning 6 mln yevrolik transferi haqida kelishib olgan. U «Marsel» bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.
Odil Rami «Sevilya»da o‘tkazgan ikki mavsumi davomida 76 o‘yinda maydonga tushgan.