Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

«Nasaf»ning uch nafar futbolchisi milliy terma jamoaga jalb etildi

«Nasaf»ning uch nafar futbolchisi milliy terma jamoaga jalb etildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichining Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida shu yilning 17–23 iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahri yaqinidagi Kojaeli muzofotining Izmit shaharchasida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazadi.

Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bosh murabbiy Samvel Babayan mazkur o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga 20 nafar futbolchini jalb qildi. Yig‘in FIFA kunlarida o‘tkazilmayotgani tufayli legioner futbolchilar taklif qilinmadi.

Bular orasida “Nasaf” jamoasining uch nafar futbolchisi ham bor, himoyachilarimiz - Akmal Shorahmedov va Farruh Sayfiyev hamda yarim himoyachimiz - Bahrom Abdurahimovlardir.

Akmal Shorahmedov va Farrux Sayfiyevlar bundan avval ham milliy terma jamoamiz safiga taklif etilganidan xabaringiz bor, Bahrom Abdurahimov esa milliy terma jamoaga ilk marta jalb etilmoqda. Ushbu futbolchimiz jamoamiz safidagi ko‘rsatayotgan mazmunli o‘yinlari orqali terma jamoamiz murabbiylarining nihoyat e’tiborini qozondi.

Xabaringiz bor, Ravshan Haydarov boshchiligidagi U-22 terma jamoamiz Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-23 yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslarida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Aamirligida bo‘lib turishibdi. Ushbu terma jamoamiz safida ham olti nafar futbolchilarimiz Doniyor Narzullayev, Sharof Muhitdinov, Bobir Abduxoliqov, Umidjon Ergashev, Azizjon G‘aniyev va Odiljon Hamrobekovlar bor.   

Bu futbolchilarimiz 17 iyul kuni “Navbahor” jamoasi bilan bo‘ladigan nazorat uchrashuvida maydonga tushishmaydi.

Milliy terma jamoamiz a’zolari ham shu kuni erta tongda Turkiyaga jo‘nab ketishadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 turniri saralash bosqichi 9-turini 31 avgust kuni safarda Xitoy termasiga qarshi o‘tkazsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi. Ayni paytda O‘zbekiston 8 ta o‘yindan keyin 12 ochko to‘plab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘llanma uchun kurashda 2-o‘rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 01:25, 16.07.2017.
O'qildi: 9408 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик