Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

“Metallurg” ikkinchi davraga tayyorgarlikni yakunladi

“Metallurg” ikkinchi davraga tayyorgarlikni yakunladi

Baho:
+ | -

Mamlakat milliy chempionatining ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi birinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunladi.

Poytaxt viloyatining Bo‘stonliq tumani Chorvoq suv ombori yonida joylashgan “Metallurg” sihatgohida olib borilgan mashg‘ulotlar asosan futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini maromiga yetkazishga qaratildi. Har kuni o‘yinchilarga ikki mahaldan jismoniy yuklamalar berildi.

Murabbiylar tomonidan tanlangan mashg‘ulotlar jamlanmasi anchagina og‘ir, shuning barobarida qiziqarli bo‘lganligini e’tirof etish lozim. Asosiy tarkib ham, yoshlar tarkibi ham o‘n kun mobaynida bir necha marta kross yugurishlarini amalga oshirishdi.

Shu o‘rinda jamoadagi o‘zgarishlar haqida ham ma’lumot berib o‘tsak. “Obod” futbolchilari Doniyor Hasanov, Abror Husinovlar bilan shartnoma imzolangan bo‘lsa, “Bunyodkor” yarim himoyachisi Javohir Esonqulov “Metallurg”da ijara asosida to‘p suradigan bo‘ldi. Jamoa ko‘rigida bo‘lib turgan Qadamboy Nurmetovning klubda qolish qolmasligi nazorat uchrashuvlaridan keyin ma’lum bo‘ladi.

Birinchi davrada “Metallurg” sharafini himoya etgan himoyachi Vusol Magerramov “Olmaliq”qa, yarim himoyachi Doniyor Ismoilov esa “Dinamo” jamoasiga ijaraga berildi. “Bunyodkor” jamoasiga tegishli bo‘lgan markaziy himoyachi Islom Qobilovning OCH saralash bahslaridan so‘ng o‘z klubiga qaytishi kutilyapti. Shuningdek, birinchi davradan keyin “Metallurg” himoyachi Kamronbey Kopadze, yarim himoyachi Farhod Namozov va hujumchi Timur Usmonovlar bilan do‘stona xayrlashdi. Klub mazkur futbolchilarga birinchi davra mobaynidagi hamkorligi uchun minnatdorchilik bildiradi.

“Metallurg” futbolchilari navbatdagi yig‘inga 18 iyuldan Chirchiq shahrida to‘planishadi. Klubning asosiy tarkibi “Bunyodkor”, “Qizilqum” va “Istiqlol” jamoalari bilan, yoshlar tarkibi esa “Lokomotiv”, “Olmaliq” (uyda va safarda) yoshlari hamda “Yangiyer” jamoalari bilan ko‘rik-nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib olgan.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 13:03, 16.07.2017.
O'qildi: 3307 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик