Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Eldor Shomurodov: "2018 yili Rossiyada O‘zbekiston termasi libosida to‘p tepish nasib qilishiga ishonaman"

Eldor Shomurodov: "2018 yili Rossiyada O‘zbekiston termasi libosida to‘p tepish nasib qilishiga ishonaman"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Bunyodkor” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiyaning “Rostov” a’zosiga aylandi.

O‘zbekistonlik futbolchi Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Assolomu alaykum qadrli do‘stlar, aziz ustoz va murabbiylar, sevimli muxlislarim! Keyingi taqdirimni Rossiya Premyer-ligasining “Rostov” klubi bilan bog‘ladim. Bundan baxtiyorman. Chunki o‘zimni Premyer-ligada sinab ko‘rishni juda-juda istagandim.

“Mash’al”dan “Bunyodkor”ga yo‘l olib adashmadim, aksincha, katta o‘sishga erishdim. Umuman, futbolning ilk saboqlarini o‘rganishimda xizmatlarini ayamagan va men uchun tramplin bo‘lgan “Mash’al” klubi rahbarlari, murabbiylari va barcha ishchi xodimlariga katta rahmat deyman. Endi Toshkent klubidan “Rostov”ga o‘tdim. O‘ylaymanki, bu qarorim ham har tomonlama foydali bo‘ladi.

Rossiya Premyer-ligasiga yo‘l olishimda o‘z yordamlarini ayamagan barcha insonlarga rahmat deyman. Alohida tashakkurlarimni “Bunyodkor” FK bosh direktori Murod Aliyevga, bosh murabbiy Mirjalol Qosimovga bildirmoqchiman. Chunki bu insonlar meni to‘g‘ri tushunishib, kuchli chempionatda to‘p tepish istagimni ma’qullashdi va qarorimni qo‘llab-quvvatlashdi. Kuchli chempionatdan taklif kelsa klub rahbariyati futbolchining xohish va istaklarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Menga oq fotiha tilab, Rossiya klubiga o‘tishimda ko‘mak berganlari uchun ularga yana bir-bor minnatdorchilik bildiraman.

Qadrli do‘stlarim, sizlar bilan ajoyib darvlarni birga o‘tkazdik. Yorqin g‘alabalar, alamli mag‘lubiyatlarda birga bo‘ldik. Bunday onlar hayotim zarvaraqlarida unutilmas bo‘lib qoladi. Hammasi uchun rahmat.

Aziz muxlislar, sizlarning ko‘magingiz va daldangiz hozirgi paytda men uchun har qachongidan ham muhim. Chunki hayotimda yangi sahifa ochilayotgan palla. Duolaringiz, daldangiz meni yanada kuchliroq qiladi. “Rostov”dagi raqobatda ijobiy hislatlarimni namoyish etib, yurtimiz sha’nini ruslar diyorida munosib himoya qilishga harakat qilaman.

Hozircha Rossiya maydonlarida “Rostov” libosida o‘ynayman. Ishonamanki, 2018 yilda ruslar zaminida O‘zbekiston milliy terma jamoasi libosida ham albatta to‘p tepish nasib qiladi”, - dedi Eldor Shomurodov.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 13:49, 17.07.2017.
O'qildi: 7884 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.