Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

E’tibordan chetda qolayotgan ehtimoliy transferlar

E’tibordan chetda qolayotgan ehtimoliy transferlar

Baho:
+ | -

Yozgi transfer bozori ochilganidan beri barchaning diqqat-e’tibori faqatgina bir necha transferlar atrofida jamlangan. France Football nashri esa ehtimoliy transferi amalga oshishi mumkin bo‘lgan bir necha iste’dodli futbolchilarga qaratdi.

Yago Aspas («Selta», Ispaniya)

29 yoshli Yago Aspas faoliyati davomidagi eng omadli mavsumini o‘tkazdi, deya olamiz. Ispaniyalik futbolchi mavsum davomida barcha musobaqalarda 26 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi, shuningdek, Yevropa Ligasi yarim finalida o‘ynash baxtiga musharraf bo‘ldi. Eng muhimi, ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlari evaziga terma jamoaga ham chaqirildi. Garchi, hujumchi o‘zi tarbiya topgan qadrdon jamoasida barcha narsa qoniqtirayotgan bo‘lsada, qishki transfer bozorida «PSJ» uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga urinib ko‘rgan edi. Mavsumni omadli o‘tkazgan hujumchini birorta klub o‘z safiga qo‘shib olsa, ajab emas.

 

Bas Dost («Sporting», Portugaliya)

«Sporting»ning gollandiyalik a’zosi o‘tgan mavsumni yuqori notada yakunlay oldi. Butun mavsum davomida raqib darvozasini 34 marotaba aniq nishonga olgan hujumchi bu borada faqatgina Lionel Messi (37) va Edinson Kavanidan (35) ortda qoldi. Biroq, hujumchini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klublar ko‘p emas. Klub rahbariyatiga aniq taklif bilan faqatgina «Nyukasl» chiqqan. 28 yoshli hujumchini uchun ingliz jamoasi 40 million yevro to‘lashni rejalashtirgan. Ammo, portugaliyaliklar asosiy hujumchisini 60 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

 

Nabil Fekir («Lion», Fransiya)

Fransiyalik futbolchi 2014/25 yilgi mavsumda ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlari bilan Yevropaning nomdor klublari e’tiboriga tushgan edi. O‘sha mavsumda hujumchi mavsum davomida 13 gol va 12 golli uzatmani qayd etgan edi. Biroq, 2015 yil sentyabrida jiddiy jarohat olib, uzoq muddat maydondan chetda qolgan Fekir hozircha o‘zining yuqori saviyadagi o‘yinini topa olmasdan kelmoqda. Shu boisdan ko‘plab klublarning unga bo‘lgan e’tibori so‘nggan. Biroq, hujumchi ushbu yozda o‘ziga yangi jamoa topishi ham ehtimoldan xoli emas.

 

Mauro Ikardi («Inter», Italiya)

Ushbu yozgi transfer mobaynida e’tiborni eng ko‘p o‘ziga tortgan hujumchilar orasida Alvaro Morata, Andrea Belotti yoki Per-Emerik Obameyanglarni ko‘rishimiz mumkin. «Inter» hujumchisi esa A seriyada 24 gol urganiga qaramay, voqealar rivojidan chetda qolib ketmoqda. Neradzurrilar bilan amaldagi shartnomasini o‘tgan yil oktyabr oyida 2021 yilgacha uzaytirgan argentinalik hujumchi bu bilan Italiyada qolishini namoyish etgan bo‘lsa kerak. Bosh murabbiyi Spaletti esa uni maqtab o‘tdi: «U haqiqiy top hujumchi, maydondagi eng ayyoridir. Hamma bunday yetakchi hujumchini o‘z safida ko‘rishni istaydi.»

 

Dris Mertens («Napoli»)

Yakuniga yetgan mavsumda Mertens A seriyada 28 gol urib Edin Jekodan keyingi 2- eng yaxshi hujumchi bo‘ldi. Shunga qaramsdan, uning nomi transfer bozorida ko‘rinmayapti. Biroz vaqt muqaddam «Napoli» hujumchi bilan amaldagi shartnomani 2020 yilgacha uzaytirdi va to‘purariga moliyaviy tarafdan ancha sharoitlarni ta’minlab bergan edi. A seriyani 3-o‘rinda yakunlagan neapolliklar belgiyalik hujumchisini har qanday holatda jamoada saqlab qolishga harakat qilishi aniq.

 

Rui Patrisiu («Sporting»)

Portugaliyalik darvozabon Leyria shahrida o‘z haykaliga ega bo‘lishga qaramasdan, hozircha transfer bozoridagi mish-mishlarda nomi tilga olinmayapti. O‘tgan yilgi «Oltin to‘p» sovrini uchun bahsda yakuniy ro‘yxatga kirgan darvozabon alal-oqibat 12-o‘rinni qayd etgan edi. Patrisiu xorijga ilk sarguzashtini amalga oshirishga harakat qilib ko‘radi. 29 yoshli posbon faoliyati davomida faqat «Sporting » sharafini himoya qilib kelmoqda.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 22:09, 17.07.2017.
O'qildi: 10872 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.