«Marsel» yarim himoyachisi Lassana Diarra Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Jazira» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Abu-Dabi klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi. Diarraning «Marsel» bilan shartnomasi yakuniga yetgani bois, u "Jazira"ga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Fransiya OAV bahordayoq futbolchining «Al-Jazira» bilan kelishuvga erishgani haqida xabar tarqatgandi. Ammo Amirlik jamoasi iyul oyiga qadar u bilan shartnoma imzolay olmasdi. Aks holda Diarraning shartnomasiga muvofiq, "Marsel" 2 mln yevro olishi kerak bo‘lardi.