Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Ernesto Valverde: «Neymar biz bilan, u bizga kerak»

Ernesto Valverde: «Neymar biz bilan, u bizga kerak»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde hujumchi Neymarning «PSJ»ga o‘tib ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Mish-mishlar avjiga chiqadigan payt keldi. Buni tushunamiz. Neymar biz bilan, uning o‘yini va xulqi bizga yoqadi. Men u bilan futbolchining kelajagi borasida gaplashmadim. Biz faqat taktika bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildik. Biz uning xizmatlaridan foydalanishni rejalashtiryapmiz.

Men o‘z vazifamni bajaryapman, ammo aniqlab olishim kerak bo‘lgan ayrim jihatlar bor. «Yuventus»ga qarshi o‘yin norasmiy bo‘ladi, ammo men jamoaning kurashishini kutyapman. Kundan kunga o‘yinchilar haqida ko‘proq narsa bilib olaman.

Mavsumoldi tayyorgarlik bosqichi doirasida birinchi o‘yin bizni kutib turibdi. Tushunarliki, biz hali tezlik olmadik. Men barcha futbolchilarga o‘ynash imkoniyatini beraman.

Dibala? Bizga yaxshi o‘yinchilar yoqadi, ammo men ko‘proq o‘z futbolchilarimni yaxshi ko‘raman. Kimnidir xarid qilishdan avval u jamoa tarkibini kuchaytira olishiga ishonching komil bo‘lishi kerak», — dedi Valverde.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:19, 22.07.2017.
O'qildi: 5811 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик