Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Lobanovning «ayyorona» rejasi yoxud terma jamoa imiji haqida ikki og‘iz

Lobanovning «ayyorona» rejasi yoxud terma jamoa imiji haqida ikki og‘iz

Baho:
+ | -

Aytgancha, nimaga hech kim O‘zbekiston terma… e, tfu, Babayan milliy terma jamoasi haqida yozmayapti?

Uyg‘oninglar, hurmatli jurnalistlar. G‘ofillikning payti emas. Har kim ham Saudiyaning to‘rtinchi jamoasi ustidan g‘alaba qozonavermaydi. Nega jimsiz?

Keyin, yagona gol muallifi kimligidan xabaringiz bormi? Sergeev! Bunaqasi endi xuddi haligi oy tutilishi yuz yilda bir sodir bo‘ladiganday gap, men sizga aytsam! Gazetalarni «bejab», televizorlarni «yorib», intervyularni qalashtirib tashlamaysizmi-ey…

Mana hozir Babayandan intervyu olishning ayni payti. Qo‘rqmang, sizni ko‘rib, Axror bobo aytganday, qochib ketmaydi. Axir «Al-Taavon»dek nomi dunyoga mashhur klubni salkam yer tishlatdi. Bu bilan terma jamoamizning xalqaro imijini yana yuksaklarga ko‘tardi. O‘zi bo‘ladimi! Intervyu olish qo‘lingizdan kelmasa, jilla qursa kichik «tashakkurnoma» e’lon qilib qo‘ying-da…

A, «Zob-Ahan»ga yutqazdi-ku, deysizmi? Tushunmadim, nima siz Marsda yuribsizmi? «Zob-Ahan» kimligini, ya’ni, qaysi mamlakat jamoasi ekanligini bilmaysizmi? Osiyo qit’asidan jahon chempionatiga birinchi bo‘lib chiqqan davlatniki-ya! Bunday darajadagi klublar bilan o‘yin o‘tkazishning o‘zi katta «sharaf», men sizga aytsam. Kichik hisobdagi mag‘lubiyat-ku, umuman — g‘alabaga teng!

Menimcha, Lobanov ham golni atayin qo‘yib yuborgan. Nega deganingiz nimasi, mabodo durang natija qayd etilsa, hamma bizga yana boshqacha, «jiddiyroq» ko‘z bilan qaray boshlagan bo‘lardi. Bu esa Babayanning «vertikal-gorizontal» taktikasiga zid. Bo‘yinning davomini ozgina ishlatingda…

Uzr, xotiramdan faromush bo‘ldi, terma jamoa hali ham Turkiyadami? Agar shunday bo‘lsa, hurmatli jurnalistlar, «aybingizni yuvish» uchun juda yaxshi imkoniyatingiz bor! Jamoani qizg‘in dabdaba va jo‘shqin kayfiyat bilan kutib olish.

Ha, aytgancha, Lobanovning «ayyorona» rejasi va Sergeevning «afsonaviy» golini ulug‘lashga qaratilgan plakat-mlakat tayyorlatish esingizdan chiqmasin!

O‘tkir Qalamtebratar

Manba: fayzbog.uz
Kiritildi: 20:55, 25.07.2017.
O'qildi: 21226 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик