«Barselona» old vakillaridan biri «PSJ» safini to‘ldirish haqida o‘ylamoqda. Unga nima bo‘ldi o‘zi?
Bombardir.ru sayti aynan shu savolga javob izlashga urinib, Neymarning kutilmagan qarori qanday yuzaga kelganini ko‘rib chiqdi.
Voqelik qanday rivojlanmoqda? Avvalgi dushanba kuni «PSJ»ning Neymar transferi uchun aql bovar qilmas darajada katta pul to‘lashga tayyorligi xususida gap-so‘z tarqaldi. Ispan matbuoti esa shu zahoti qiziqarli ma’lumotni taqdim etdi. Unga ko‘ra, bu masalada futbolchining yaqinlari tashabbus ko‘rsatishgan. Ya’ni ular Neymarga jiddiy maslahat solishgan: «Agar «Barselona»da Messi soyasida qolishni istamasang, ketishing kerak…». Keyingi kuniyoq Kataloniya klubi vise-prezidenti Jordi Mestre maxsus bayonot orqali braziliyalik hech qayerga ketmasligi xususida qat’iy ishonch bilan gapirdi. Biroq gap-so‘zlar kuchayganidan kuchaydiki, ko‘pchilik Neymarni Parij klubi libosida tasavvur qila boshladi. Hafta oxirida esa nihoyat, braziliyalik futbolchi ham o‘z munosabatini bildirdi – «Barselona»da hammasidan qoniqayotganini ta’kidladi. Ammo Globo Esporte xabariga ko‘ra, u do‘stlaridan Parij tomon yuzlanayotganini yashirmagan emish.
Shartnoma nimadan dalolat beryapti?Neymar va «Barselona» o‘rtasidagi shartnoma o‘tgan yili yangilangan. 2021 yilgacha mo‘ljallangan kelishuvga asosan, futbolchining 12 oylik maoshi 32,5 mln. yevroga teng. Badal puli summasi esa vahima uyg‘otadi – 222 million yevro. Biroq bu shuni anglatadiki, qaysidir xaridor 200 «limon»dan ko‘proq to‘lashga rozi bo‘lsa, «Barselona»dan alohida ruxsat olmasdan turib, futbolchi bilan bevosita kelishuvga erishishi mumkin.
Avvalgi mavsum ta’siri bormi?Neymar oxirgi mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazdi. Ha, uning faolligi deylik, «Gol}pas» tizimiga bog‘liq statistikasida o‘z aksini topgani yo‘q. Zero, braziliyalik bu borada atigi 24 ochko yiqqan bo‘lsa, Luis Suares va Lionel Messi tegishlicha 42 va 46 ball to‘plashdi. Ammo Neymar Whoscored baholash tizimiga ko‘ra, Ispaniya chempionatidagi barcha futbolchilar o‘rtasida mutlaq 1-o‘rinni egalladi. Braziliyalikning ayniqsa, o‘yinni tashkil etish xususiyati munosib baholandi. U yana muvaffaqiyatli dribling bobida ham barcha raqiblaridan ancha o‘zib ketdi. Qolaversa, keskinlashtiruvchi uzatmalar soni ham aynan Neymarda ko‘p bo‘ldi. Braziliyalik yulduz shuning barobarida jarima zarbalari ishlashni ham qoyillatdi – ispan ligasi bo‘yicha eng yaxshi natija.
«Barselona» nega qarshi emas?