Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Denis Istominning ishlab topgan mukofot pullari miqdori 5 mln dollardan oshdi

Denis Istominning ishlab topgan mukofot pullari miqdori 5 mln dollardan oshdi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istominning faoliyati davomida ishlab topgan mukofot pullari 5 038 510 $ ga yetdi.

ATP World Tour sayti xabariga ko‘ra, 12 yildan beri musobaqalarda ishtirok etayotgan Istominning yillik o‘rtacha daromadi 420 728 $ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p daromad olgan tennischilar ro‘yxatini shveysariyalik Rojer Federer boshqarib turibdi. U faoliyati orqali 107 309 145 $ ishlab topgan. Yillik o‘rtacha ko‘rsatkich - 8 478 320 $ ga teng.

Undan keyingi o‘rinlarni Rafael Nadal ( faoliyati davomida 86 111 479 $, yiliga 7 386 870 $) va Sten Vavrinka (faoliyati davomida 30 623 544 $, yiliga 2 818 912 $) lar egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin faoliyati davomida yakka bahslarda bir marta ATP turnirida g‘alaba qozongan (2015 y. Nottingem). Juftlik bahslarida esa uchta g‘alabaga ega (2013 – Moskva, 2014 – MonpelYE, 2015 – Gshtaad).

Manba: atpworldtour.com
Kiritildi: 18:26, 27.07.2017.
O'qildi: 8388 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик