Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Yurtimizda ilk bora maktab o‘quvchilari o‘rtasida futbol ligasi

Yurtimizda ilk bora maktab o‘quvchilari o‘rtasida futbol ligasi

Baho:
+ | -

Yoshlar o‘rtasida futbol orqali sog‘lom turmush tarzini oshirish maqsadida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Uchtepa tumani Kengashi tumandagi 32 ta maktab o‘quvchilari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha liga o‘yinlarini tashkil etmoqda.

Ushbu liga centyabr-mart oylari davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Liga Nizomiga ko‘ra centyabr oyida barcha kerakli hujjatlar, jamoalar va jamoa a’zolari ro‘yxati shakllantirilib, jamoa a’zolariga o‘yin qoidalari va liga tartibi bo‘yicha tashkilotchilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari va qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Qur’ada raqib tushgan jamoalar o‘zaro o‘yinlardan so‘ng Oliy va quyi ligalarga saralanadi.

Hamkor tashkilotlar yordamida oktyabr oyidan Oliy va quyi liga tur o‘yinlariga start beriladi. Tur o‘yinlari haftada bir marotaba o‘tkazilib mart oyiga qadar davom etadi. Navro‘z bayrami arafasida musobaqa g‘oliblari aniqlanadi va tashkilotchilar tomonidan maxsus kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Liga davomida qishqi tur o‘yinlarida dunyo futbolida yetakchi liga hisoblanmish APLda mavjud “Boxing day” tizimi orqali davomiy tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Jamoa murabbiylari musobaqa avvalida ro‘yxatga kiritgan futbolchilar bilan almashuvsiz tur o‘yinlarini o‘tkazadi. Ular faqatgina davralar oralig‘ida yangi o‘yinchilarni tarkibga jalb qilishlari mumkin.

Har bir tur yakunida “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi darvozabon” va “Eng namunali jamoa” kabi nominasiyalar orqali o‘yinchilar va jamoalarni taqdirlab borish ko‘zda tutilgan. Liga yakunida Quyi ligada yuqori 3 ta o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar keyingi mavsumdan Oliy ligada so‘nggi 3 ta o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar bilan o‘rin almashadi.

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Uchtepa tuman Kengashi tomonidan Respublikamiz bo‘yicha birinchi marotaba o‘tkaziladigan ushbu mini futbol ligasi jarayonlari ijtimoiy tarmoqlarda va yurtimizda sportga ixtisoslashgan OAV tomonidan yoritib boriladi.

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi
Uchtepa tuman Kengashi matbuot xizmati

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:54, 27.07.2017.
O'qildi: 4825 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик