Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Sherzod A’zamov: «Arveladze faqat g‘alaba haqida o‘ylayapti»

Sherzod A’zamov: «Arveladze faqat g‘alaba haqida o‘ylayapti»

Baho:
+ | -

Shu kunlarda oliy liga jamoalari ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikni davom ettiryapti. Hozirdan taxmin qilish mumkinki, ikkinchi davra birinchisiga qaraganda, ancha shiddatli o‘tadi.

Buni sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan jamoalardagi o‘zgarishlar bilan bog‘lash mumkin. Ko‘pchilik birinchi galda, «Paxtakor»ga alohida e’tibor qaratyapti.

Boshqaruv Shodiyevlar qo‘liga o‘tgach, shonli jamoaning avvalgi sha’ni tiklanishiga ishonch tug‘ildi. Xususan, bosh murabbiy lavozimiga Shota Arveladze olib kelindi. U o‘z navbatida, murabbiylar shtabiga kuchli mutaxassislarni jalb qildi.

Tarkib ham sezilarli tarzda kuchaytirildi. Xullas, jamoa muxlislari o‘zgarishlar ikkinchi davrada o‘z samarasini berishiga shubha qilishmayapti. Mashg‘ulotlarni kuzatish asnosida shunga amin bo‘ldik-ki, Arveladze o‘yin va yondashuv masalasida ham yangilikka qo‘l urmoqda.

Ayni payt asosan jismoniy tayyorgarlikka urg‘u berilmoqda. Mashg‘ulotlar rang-barang tarzda olib borilyapti. Biz «Paxtakor»ning yangi a’zosi Sherzod A’zamovdan ixcham intervyu oldik.

- Sherzod, «Paxtakor»dagi ilk taassurotlaringiz qanday? Sharoitlar, ichki muhit, munosabat...

- Sharoitlar va ichki muhit a’lo darajada. «Paxtakor» ko‘z o‘ngimizda kundan-kunga chinakam professional klub qiyofasiga kirmoqda.

- Qiziq, jamoa taklifiga rozilik berishingizda aynan nima asosiy omil bo‘lib xizmat qildi?

- Uzoq tarix va shonli o‘tmishga ega jamoaga chorlashganidan xursand­man, albatta. Bu men uchun yangi imkoniyat va sinov. Anchadan buyon salohiyatimni yangi jamoada sinab ko‘rish haqida o‘ylab yurgandim. Shu sababli, «Paxtakor» taklifini qabul qilishda sira ikkilanmadim.

- Bu masalada kimlar bilan maslahatlashdingiz?

- Ochig‘i, har doim mustaqil qaror qabul qilishga o‘rganganman.

- «Nasaf»da bir necha yil to‘p surdingiz, qolaversa, jamoa sardori edingiz. Shularni e’tiborga olsak, ketish oson bo‘lmagandir...

- Tabiiyki, shunday. Ochig‘ini ayt­sam, juda ko‘p narsalar haqida o‘ylashimga to‘g‘ri keldi. «Nasaf» bizga ko‘p imkoniyatlar berdi. Fursatdan foydalanib, Qarshi jamoasi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, umuman, klubga aloqador barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

- Jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ketishingizga qarshilik qilmadimi?

- Yo‘q, u bilan bu masalada alohida gaplashdim. Ro‘ziqul aka imkoniyat yuzaga kelganidan foydalanib, o‘zimni ko‘rsatishim zarurligini uqtirdi.

- Do‘stingiz Eldor Suyunov ham «Paxtakor» safiga qo‘shildi. Taklif tushgach, o‘zaro maslahatlashding­larmi?

- Bu haqda Eldorning o‘zidan so‘raganingiz ma’qul. Albatta, «Paxtakor»­ga o‘tishimizni alohida muhokama qildik. Muhimi, fikrimiz bir joydan chiqdi.

- «Nasaf» jamoaviy o‘yin bobida kuchli, tarkibi juda barqaror. Lekin jamoaga shu kungacha chempionlik nasib etmadi. Bu nima bilan bog‘liq? «Nasaf»da chempionlik ruhiyati yo‘qmi?

- Bunday emas, jamoada hammasi yaxshi. Balki barqaror o‘ynash xislati yetishmayotgandir. Lekin qachondir chempionlik uchun yaxshi imkoniyat yuzaga keladi va futbolchilar bundan unumli foydalanishadi. Hammasi oldinda.

- «Nasaf»dagi faoliyatingizni qanday baholaysiz?

- Bu jamoada to‘p surish imkoniyati hammaga ham berilavermaydi. Ayniqsa, inoqlikni alohida ta’kidlayman - g‘alaba onlarida ham, mag‘lubiyat vaqti ham birga bo‘ldik. Xullas, «Nasaf»dagi faoliyatimdan xursandman. Bahoni esa boshqalar berishgani ma’qul.

- «Paxtakor»ga o‘tishingizni yaqinlaringiz qanday qabul qilishdi?

- Xursand bo‘lishdi, qarorimni to‘la qo‘llab-quvvatlashdi.

- Mana, Shota Arveladze qo‘l ostida shug‘ullanyapsiz. Gruziyalik mutaxassisga qanday ta’rif bera olasiz?

- O‘ta talabchan murabbiy. Menga aynan shu xislati ma’qul keldi. Uning ishga yondashuvi va uslubi ham yoqdi. Menimcha, murabbiy tayinlagan vazifalarni to‘g‘ri bajarsak, hech qanday muammo yuzaga kelmaydi.

- Uning futbol falsafasi nimaga asoslangan ekan?

- G‘alabaga. Har holda, faqat g‘alaba haqida o‘ylashi yaqqol sezilib turibdi.

- Xo‘sh, ayni payt nimani ko‘proq talab qilyapti?

- Bor e’tibori jamoaviy o‘yinni shakllantirishga qaratilgan.

- Yangi jamoada 70-raqamni tanladingiz. Bu himoyachiga uncha xos emas. O‘zi raqamga alohida e’tibor qaratasizmi yoki...?

- Yo‘q, yo‘q, bunga mutlaqo beparvoman. Axir raqam maydonda hech narsani hal qilmaydi. Endi tanlovimga kelsak, «70» shunchaki, ma’qul keldi.

- Klub uy berdimi?

- Bu jamoa bilan o‘rtamizdagi sir bo‘lib qolsin. Uzr, bunday ma’lumotlarni oshkor qilolmayman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:32, 29.07.2017.
O'qildi: 5401 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.