Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Doston Tursunov: “Neftchi” yanada kuchli o‘yin namoyish etadi”

Doston Tursunov: “Neftchi” yanada kuchli o‘yin namoyish etadi”

Baho:
+ | -

Farg‘onaning "Neftchi" klubi himoyachisi Dostonbek Tursunov klub rasmiy sayti uchun intervyu berdi.

Himoyachi O‘zbekiston kubogidan o‘rin olgan "Bunyodkor"ga (1:3) qarshi o‘yin haqida gapirar ekan, yaqin kunlarda boshlanadigan ikkinchi davradagi maqsad va vazifalarga ham to‘xtalib o‘tdi.

"“Bunyodkor”ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida yaxshi harakatlandik“,-deb gap boshladi Tursunov.  Afsuski, to‘liq o‘yin davomida mana shunday bo‘lmadi. Xatolar kuzatildi. Gollar raqibni kuchli mahorati yoki bosimi natijasida yuzaga kelmadi, balki o‘zimizning  kamchiliklarimiz sababli ketma-ket gol o‘tkazib yubordik. Jamoa deyarli yangilangan, shu bois ilk bahsda bir-birimizni tushunish qiyin bo‘ldi. Bu vaqtincha holat. Sekin-asta jamoa jipslashib boradi. Umuman olganda o‘yin menga yoqdi. Toshkentliklarga yetarli muammo tug‘dira oldik, bahsni nazorat qildik, ketma-ket xavfli hujumlarni amalga oshirdik. Ochig‘i, kamida 3 gol urishimiz mumkin edi. Ammo vaziyatlardan foydalana olmaslik bizga ko‘p pand berdi. Bu “Neftchi”ning eng yaxshi o‘yini emas. Biz hali chempionat davomida yanada kuchliroq futbol ko‘rsatamiz.

“Bunyodkor” jamoasi? Ha, ular haqida fikrim ijobiy hisoblanadi. Lekin bizdan yaqqol kuchli jamoa emas.

Ma’lum vaqtdan so‘ng yana “Neftchi”ga qaytdim. Bu jamoa men uchun juda ham qadrdon sanaladi. Ochig‘i, Farg‘onaga qaytishim oson kechmadi. Vadim Abramov jamoasidan taklif har qanday futbolchi uchun yoqimli tuyulsa kerak. O‘zimda ham “Neftchi”dan o‘ynash uchun xoxish bor edi. Hozir bizni turnir jadvalida egallab turgan o‘rnimiz umuman “Neftchi”ga mos emas. Bu klub haqida barcha yaxshi biladi. Bizni ikkinchi davra kutmoqda. Vaziyatni o‘nglash, jamoani 15-o‘rindan olib chiqib ketish uchun bor kuchimizni beramiz. Mavsum so‘nggiga borib dastlabki oltitatalikda bo‘lishni istardik" - dedi Tursunov.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 14:11, 29.07.2017.
O'qildi: 3241 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.