Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston Kubogi yarimfinali. “Lokomotiv” – “Nasaf” (prevyu)

O‘zbekiston Kubogi yarimfinali. “Lokomotiv” – “Nasaf” (prevyu)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi 2017 yarimfinali doirasida “Lokomotiv” bilan “Nasaf” bellashadi.

“Nasaf” bu bilan o‘z tarixida ketma-ket yettinchi bor O‘zbekiston kubogi yarimfinalida ishtirok etadi. Jamoa ustozi Ro‘ziqul Berdiyevning murabbiylik faoliyatidagi oltinchi yarimfinal bo‘ladi.

2003 yilda "Nasaf" "Navbahor" bilan yarimfinalda kuch sinashgan va ilk marta finalga chiqqan.

2011 yili “Nasaf” yarimfinalda “Bunyodkor”ni, 2012 yil “Buxoro”ni, 2013 yil “Paxtakor”ni mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan edi. 2014 yili ham qarshilik futbolchilar kubok yarimfinalida ishtirok etishgan ammo, ikki o‘yin natijasiga (0:1, 1:1) ko‘ra, “Bunyodkor” kubok finalchisiga aylangan. 2016 yili “Nasaf” yarimfinalda “Buxoro”ni mag‘lub etib (2:0, 2:1), finalga chiqqan.
Bu yil “Nasaf” kubok yarimfinalida ikkinchi marta “Lokomotiv” bilan hisob-kitob qiladi. Esingizda bo‘lsa, 2015 yilgi yarimfinalda aynan "Nasaf" “Lokomotiv” jamoasini (2:0, 0:1) mag‘lub etib finalga yo‘l olgan edi.

2015 yilgi yarim final uchrashuvlarini esga olamiz. O‘sha yilgi yarim finalning dastlabki uchrashuvi Qarshida bo‘lgan. Unda "Nasaf" “Lokomotiv”ni 2:0 hisobida dog‘da qoldirgan. Uchrashuvdagi gollarni birinchi bo‘limda Azamat Allaniyozov va Shohruh Gadoyev kiritishgan.
Javob uchrashuvi 15 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan. Unda “temiryo‘lchilar” kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Marat Bikmayev bo‘lgan. Har ikkala uchrashuv hisobiga ko‘ra, “Nasaf” finalga yo‘l olgan. Demak, mazkur jamoalar o‘z tarixida ikkinchi marta yarimfinalda tuqnash kelishmoqda.

Yana qiziqarli faktlardan biri shuki, hozirgi paytda "Nasaf" sharafini himoya qilayotgan tajribali yarimhimoyachimiz Jasur Hasanov 2015 yilgi yarimfinal uchrashuvlarida “Lokomotiv” safida maydonga tushgan.

Hozirgi paytda “Lokomotiv” jamoasi safida to‘p tepayotgan Shuhrat Muhammadiyev esa, “Nasaf” tarkibida maydonga tushgan. Hatto u Qarshida bo‘lgan dastlabki uchrashuvning eng yaxshisi ham bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" - "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogining yarimfinali dastlabki uchrashuvi, "Lokomotiv" stadionida 2 avgust chorshanba kuni soat 19:30da boshlanadi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 11:51, 31.07.2017.
O'qildi: 3891 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.