Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Gulhayo Mannoboyeva: “Sevinch” da o‘z o‘rnimga ega bo‘lishimga ishonaman”

Gulhayo Mannoboyeva: “Sevinch” da o‘z o‘rnimga ega bo‘lishimga ishonaman”

Baho:
+ | -

“Sevinch” o‘z tarkibiga “Andijanka” jamoasida faoliyat yuritgan himoyachi Gulhayo Mannoboyevani o‘z safiga qo‘shib oldi.

Biz ushbu futbolchi bilan qisqacha suhbat uyushtirdik.

-Gulhayo “Sevinch”ga kelishingiz qanday ro‘y berdi?

-“Sevinch” klubi nafaqat mamlakatimizda balki xorijda ham yaxshi tanilgan, eng ko‘p sovrin yiqqan yetakchi klub hisoblanadi. Bu jamoada to‘p tepish sharafli va ma’suliyatlidir. Men bu jamoa futbolchisiga aylanganimdan xursandman. “Sevinch” jamoasidagi ko‘pgina futbolchilar bilan yoshlar terma jamoasida ikki yildan buyon to‘p tepmoqdaman. Murabbiyimiz Bahrom aka Norsafarov ular qatori meni ham yaxshi bilardilar. Biz birgalikda ko‘plab uchrashuvlarda maydonga tushdik. O‘ylaymanki, u kishi meni “Sevinch” jamoasining bosh murabbiyi Vladislav Nikolayevichga tavsiya qilgan bo‘lsalar kerak.

-Sizni klubda qanday kutib olishdi, jamoaga moslashishingiz qanday kechayapti?

-Meni “Sevinch”da juda yaxshi kutib olishdi. Bu yerdagi sharoitlarning hammasi professionalcha tashkil etilgan. Futbolchi uchun zarur shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Yuqorida aytib o‘tganimdek, “Sevinch”da to‘p tepayotgan qizlar bilan oldindan tanishmiz. Murabbiylar futbolchilarga o‘z farzandlaridek munosabatda bo‘lishadi. Umuman olganda klubdagi muhit juda yaxshi. Shuning uchun tezda moslashib ham ketdim.

- “Sevinch” jamoasining har chizig‘ida mahoratli va tajribali futbolchilar to‘p tepishadi. Siz jamoada o‘z o‘rningizni topib ketishga ishonasizmi?

-To‘g‘ri, jamoada ko‘plab tajribali futbolchilar bor. Bu jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun ko‘p mehnat qilish kerak. Men tabiatan mehnat qilishdan qo‘rqmayman. Jamoamda o‘z o‘rnimga ega bo‘lishimga ishonaman. Qolaversa, “Sevinch”da o‘z ishini ustalari bo‘lgan mutaxasislar va futbolchilar bor. Umid qilamanki, ular meni qo‘llab-quvvatlashadi. Jamoamiz sardori Kamola Riskiyevaning ko‘p yillardan buyon o‘yinlarini kuzatib kelaman. Katta tajribaga va xarakterga ega futbolchi. Men Kamola opaga havas qilaman. U kishidan ham zarur ko‘p narsalarni o‘rganmoqdaman.

 

Manba: voha.uz
Kiritildi: 10:59, 05.08.2017.
O'qildi: 3039 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.