Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Neymar uchun sarflangan pullarga nimalarni sotib olish mumkin?

Neymar uchun sarflangan pullarga nimalarni sotib olish mumkin?

Baho:
+ | -

«PSJ» Neymarni o‘z safiga qo‘shish uchun «Barselona»ga 222 million yevro to‘ladi. Bu pulga nimalarni xarid qilish mumkin?

«SE» ushbu savolga o‘ziga xos tarzda javob qaytardi. Demak, braziliyalik yulduzning transferi uchun ajratiladigan mablag‘ga nimalar sotib olinishi mumkinligiga e’tibor qaratamiz.

- Eyfel minorasiga 13 millionta chipta (liftda inshootning eng yuqori qismiga ko‘tarilish narxi 17 yevro turadi);
- Jahondagi eng qimmat kartoshkaning 444 tonnasi shuncha turadi. Ushbu sabzavotning La Bonnotte deb nomlanuvchi fransuzcha navi bir kilogrammi 500 yevrodan sotiladi;
- Yevro-2016ning eng qimmat stadioni - «Park Olimpik Lionne»ning qurilishiga sarflangan mablag‘ning yarmi (arenaning qad rostlashi fransiyaliklarga 450 million yevroga tushgan).
- Salvador Dalining turli davrlarda «kimoshdi» savdolariga qo‘yilgan eng qimmat 11ta san’at asarini sotib olish mumkin. Ispaniya hukumati boshqa bir noyob buyumni qo‘lga kiritish maqsadida Shotlandiyaning Kelvingrou muzeyiga buyuk rassomning 1,4 million yevrodan («Paraddagi chavandozlar») boshlab, 127 million yevrogacha baholangan suratlarini taklif qilgan;
- Barselona va uning turli hududlaridagi fuqarolarning (5 million kishidan ko‘proq) har biri T10 formatidagi 4ta «proyezdnoy» (jamoat transportidan imtiyozli foydalanish chiptasi)ga ega bo‘lishlari mumkin;
- Barselonadagi eng qimmat mehmonxonaning lyuks nomerida 304 yil yashash (sutkasiga 2 ming yevro);
- Deyarli ikki mavsum «Kamp Nou»ga kirishni tekin qilib, bu bilan klub byudjetiga zarar yetmaslik mumkin («Barselona» 2015|2016 yillar mavsumida chiptalar savdosi va ishqibozlarning stadion atrofidagi turli xaridlaridan kuniga 117 million yevro foyda ko‘rgan).
- Samolyotda Barselonadan Rio-de-Janeyroga biznes-klassda 73 333 marta parvoz qilib, yana ortga qaytish mumkin (bitta chipta narxi - 3 ming yevro);
- Rio Olimpiadasi uchun tayyorlangan 370ta oltin medalning narxi (ulardan bittasi 600 yevroga baholangan).
- «Zenit» va «Spartak»ning barcha o‘yinchilarini sotib olish mumkin. Transfermarkt.de ma’lumotlariga ko‘ra, piterliklar tarkibining umumiy narxi 129,4, moskvaliklarniki esa 95,8 million yevroga baholangan;
- Beshinchi avlod T-50 qiruvchi samolyotidan ikkita xarid qilsa bo‘ladi (bittasining narxi 100 million yevro).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:14, 06.08.2017.
O'qildi: 8230 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.