«Arsenal» klubining transfer darchasi yakunidagi maqsadi ma’lum qilindi.
Mirror xabariga ko‘ra, klub maosh to‘lovnomasini qisqartirishni rejalashtirmoqda va 5 nafar futbolchisini - Matyo Debyushi, Karl Jenkinson, Kiran Gibbs, Lukas Peres va Xoel Kempbellni sotib yuborishga qaror qilgan. Bundan tashqari, Oksleyd-CHemberlen va Jek Uilshir ham ushbu futbolchilar safini to‘ldirishi mumkin.
O‘z navbatida jamoa hech qaysi futbolchini xarid qilmaydi.