Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Janubiy Koreya bosh murabbiyi Eron va O‘zbekistonga qarshi tarkibni e’lon qildi

Janubiy Koreya bosh murabbiyi Eron va O‘zbekistonga qarshi tarkibni e’lon qildi

Baho:
+ | -

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Shin Te Yong JCH–2018 saralash bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin uchun 26 futbolchidan iborat tarkibni e’lon qildi.

Koreyalik mutaxassis jarohatidan to‘liq tiklanganiga qaramay “Tottenxem” a’zosi Son Xyon Min va “Suonsi” yarim himoyachisi Ki Son Yonni terma jamoaga jalb qildi.

Darvozabonlar: Kim Jin Xyun (“Serezo Osaka”, Yaponiya), Kim Seung Gyu (“Vissel Kobe”, Yaponiya), Cho Xyun Vu (“Tegu”);

Himoyachilar: Kim Ki Xi (“Shanxay Shenxua”, Xitoy), Kim Ju Yung (“Xebey Chayna”, Xitoy), Kim Yung Kvon (“Guanchjou Evergrand”, Xitoy), Kim Min Je (“Chonbuk Motors”), Kim Min Vu (“Suvon Samsung”), Kim Jin Su (“Chonbuk Motors”), Ko Yan Xan (“Seul”), Choi Chul Sun (“Chonbuk Motors”);

Yarim himoyachilar: Ki Son Yon (“Suonsi”, Angliya), Son Xyon Min (“Tottenxem”, Angliya), Li Kun Xo (“Gangvon”), Ku Ja Chol (“Augsburg”, Germaniya), Yom Ki Xun (“Suvon Samsung”), Nam Tae Xe (Al-Duxail”, Qatar), Jang Xyun Su (“Tokio”, Yaponiya), Li Je Sung (“Chonbuk Motors”), Jung Vu Yong (“Chongking Lifan”, Xitoy), Kim Bo Kyung (“Kashiva Reysol”, Yaponiya), Kvong Kyung Von (“Tianjin Kuanjian”), Kvong Chang Xun (“Dijon”, Fransiya);

Hujumchilar: Li Dong Guk (“Chonbuk Motors”), Kim Shin Vuk (“Chonbuk Motors”), Xvang Xi Chan (“Red Bull Zalsburg”, Avstriya).

 

Shin Te Yong bo‘lajak o‘yinlar oldidan yaxshi tayyorgarlik ko‘rilayotganini va barchadan, hatto maydonga tushmaydigan futbolchilardan bor e’tiborni qolgan ikki o‘yinga qaratishni talab qilayotganini aytdi.

“Termaga chaqirilgan 26 futbolchining barchasi saralash bosqichi yakuniga qadar bir butun bo‘ladi. Janubiy Koreya termasining taqdiri qolgan ikki o‘yinga bog‘liq. G‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz”, – dedi Shin Te Yong.

 

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi, shuningdek, jarohati bor Son Xyon Min va Ki Son Yon haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Ki Son Yon o‘ynay olmasa ham unga sardorlik bog‘ichini bergim kelyapti. Ki milliy termamiz uchun muhim ahamiyatga ega futbolchilardan biri. Son Xyon Min “Tottenxem” mag‘lulotlariga qaytdi. Uni terma ixtiyoriga erta chaqira olmaymiz, uning tibbiy holatini yana ko‘zdan kechiramiz. Mening fikrimcha, u saralash bosqichi o‘yinlari uchun yetarliga tiklandi”, – dedi koreyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya terma jamoasi 31 avgust kuni o‘z maydonida Eronga qarshi bahs olib borsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston termasi bilan kuch sinashadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:20, 14.08.2017.
O'qildi: 14060 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик