Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Oliy liga klublaridagi jiddiy o‘zgarishlar xususida

Oliy liga klublaridagi jiddiy o‘zgarishlar xususida

Baho:
+ | -

Ikkinchi davraning dastlabki turida deyarli barcha klublar tarkiblarida o‘zgarishlar ro‘y berganiga guvoh bo‘ldik.

Oraliq tanaffusda «Paxtakor» ancha faollik ko‘rsatib, tarkibini mahoratli futbolchilar hisobiga kuchaytirdi. Jamoa birinchi davrani peshqadamdan 11 ochko ortda qolgan holda 5-o‘rinda yakunlagandi.

Endi klub rahbariyatida o‘zgarishlar kuzatilgach, maqsadlar ham ancha jiddiylashdi. «Lokomotiv» esa kamtarona xaridlarga qo‘l urdi. Yangi o‘yinchilarni tanishtirish marosimida bosh murabbiy Andrey Miklyayev tarkibda muammo yo‘qligi, ammo raqobat kuchliligi, shu bois hech bir futbolchiga asosiy jamoadan joy kafolatlanmaganini ta’kidladi.

Turnir jadvalining ikkinchi yarmidan o‘rin olgan aksariyat klublar tarkibda deyarli 50 foiz o‘zgarishga qo‘l urishdi. Moliyaviy muammoga yo‘liqqan «Obod» deyarli barcha yetakchilaridan ayrildi.

«Navbahor», «So‘g‘diyona», «Neftchi» va «Dinamo» 8dan 14 nafargacha futbolchilarni almashtirishdi. Quyida nisbatan darajasi yuqoriroq hisoblangan futbolchilar xaridiga e’tibor qaratamiz. Ro‘yxatni «Paxtakor»dan boshlaymiz.

TIAGO BEZERRA «Paxtakor» Qayerdan keldi: «Adana Demirspor» (Turkiya) O‘ttiz yoshli braziliyalik yarim himoyachining milliy chempionatimizga ko‘rk bag‘ishlashi kutilmoqda. Faoliyati davomida ko‘p chig‘iriqlardan o‘tgan Tiago Bezerrani transfermarkt sayti 400 ming yevroga baholagan.  

ELDOR SUYUNOV «Paxtakor» Qayerdan keldi: «Nasaf» Mahoratli golkiper, milliy termamiz a’zosi qadrdon jamoasi «Nasaf»ni tark etishni ma’qul ko‘rdi. Shota Arveladzening ta’kidlashicha, Eldor «Paxtakor»ning asosiy darvozaboni Aleksandr Lobanovga jiddiy raqobat tug‘dirishi lozim.  

SHERZOD A’ZAMOV «Paxtakor» Qayerdan keldi: «Nasaf» «

Nasaf» ustozi Ro‘ziqul Berdiyev nimadan umid qilayotganini bilmadik-ku, lekin mudofaa chizig‘ining asosiy ikki o‘yinchisini qo‘yib yuborish uchun ixtiyorida ularning o‘rnini bosa oladigan «ko‘zir» bo‘lishi shart. Sherzod bugungi kunda o‘z ampluasida eng yaxshilardan biri va bemalol «Paxtakor» himoyasini kuchaytira oladi.  

MARKO SIMICH «Paxtakor» Qayerdan keldi: «Rostov» (Rossiya)

Chernogoriyalik futbolchi Belgradning «Partizan» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U mazkur jamoaga besh yoshida kelgandi. Faoliyati davomida «Gonved», BATE, «Qaysarispor», «Xapoel» (Tel-Aviv) kabi klublarda o‘ynadi. 2017 yil martida «Rostov» bilan shartnoma tuzib, 7ta o‘yinda maydonga tushdi. Marko «Paxtakor»ning eng ajoyib xaridlaridan biri bo‘ldi.

SHOHRUZ NORXONOV «Bunyodkor» Qayerdan keldi: «Obod»

Milliy termadan chaqiruv olishga ulgurgan iste’dodli forvard «Bunyodkor»ning yoshlar jamoasidagi dastlabki rasmiy o‘yinida «So‘g‘diyona» darvozasiga ikkita to‘p kiritib, «dubl» qayd etdi. «Qaldirg‘ochlar» ishqibozlarining Norxonovdan umidlari katta.  

SHOHRUH GADOYEV «Bunyodkor» Qayerdan keldi: «Buxoro»

«Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov yarim himoyachi Gadoyevni Toshkentga qaytardi. Vaholanki, Shohruh mavsum boshida poytaxtdan «Buxoro»ga yo‘l olgandi. Qachonlardir milliy jamoada porlagan futbolchi «qaldirg‘ochlar»ning hujumini kuchaytirishi aniq.  

JASUR HASANOV «Nasaf» Qayerdan keldi: «Qizilqum»

Biroz soya ortida qolib ketayotgan Hasanov bemalol katta arenalarga qaytishi mumkin. Ro‘ziqul Berdiyev undan aynan shu narsani kutmoqda. Ishonchimiz komilki, Jasur o‘z so‘zini aytadi va «Nasaf»ning asosiy tarkibiga muqim o‘rnashadi.  

ADNAN ORAXOVAS «Dinamo» Qayerdan keldi: «Paxtakor»

«Dinamo» ham ajoyib kelishuvga qo‘l urdi. Adnan «Paxtakor»da to‘p surgan davrida milliy chempionatimizdagi ishonchli himoyachilardan biriga aylanib ulgurdi.

Garchi samarqandliklar mamlakat kubogi bahsida «Bunyodkor» maydonida mudofaada ajoyib o‘yin ko‘rsatishgan bo‘lsada, oliy liga doirasidagi «Metallurg»ga qarshi bahsda Oraxovas boshchiligidagi himoya parokandalikka uchradi.  

AZAMAT ALLANIYOZOV «Buxoro» Qayerdan keldi: «Qizilqum»

«Nasaf»da bir nechta ajoyib mavsumlarni o‘tkazgan hujumchi o‘zidan yorqin taassurot qoldirgandi. Ammo «Qizilqum» safiga qo‘shilgach, Allaniyozovning faoliyatida pasayish kuzatildi. Endi jamoasini almashtirdi.

Agar milliy termamizning sobiq forvardi, hozirda «Buxoro»ni boshqarayotgan Ulug‘bek Baqoyev ushbu futbolchiga kerakli tavsiyalarni bera olsa, Azamatning yana to‘purarlar safiga qo‘shilishi turgan gap.  

LUTFULLA TO‘RAYEV «Olmaliq» Qayerdan keldi: «Felda Yunayted» (Malayziya)

Bosh jamoamizning sobiq a’zosi Malayziyadan qaytdi. Xorijga ketishidan oldin «Lokomotiv»da o‘ynagan Lutfulla endi «Olmaliq» variantida to‘xtadi. 29 yoshli yarim himoyachi maydon markazini kuchaytirishi aniq. Zero birinchi davrada aynan shu nuqtadagi kamchiliklar Viktor Kumikov bosh murabbiyligidagi jamoaga qimmatga tushgandi.

R.S.: Amaldagi chempion «Lokomotiv» o‘z safiga asosan yosh o‘yinchilarni jalb etdi. Tarkibga 19 yoshli Olabiran Blessing Muyiva hamda Bobur Davlatov qo‘shildi. Shuningdek, Qatardan Sanjar Shoahmedovning ham qaytganini ta’kidlash darkor.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:07, 17.08.2017.
O'qildi: 7209 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.