Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Jey-Jey Okocha: «Iqtidor bo‘lsa, raqobatdan cho‘chimaslik kerak»

Jey-Jey Okocha: «Iqtidor bo‘lsa, raqobatdan cho‘chimaslik kerak»

Baho:
+ | -

Nigeriyalik Jey-Jey Okocha Afrikaning turli davrlardagi eng iqtidorli futbolchilaridan biridir. U mamlakat terma jamoasining oltin davrida o‘zini ko‘rsata olgan.

Uning jamoasi 1996 yili Atlanta Olimpiadasida oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 1994-2002 yillarda bo‘lib o‘tgan uchta jahon chempionatida ishtirok etgan. 23 oktyabr kuni Londonda FIFAning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Okocha ushbu tashkilot rasmiy saytiga bergan intervyusida bu boradagi afrikalik futbolchilarning imkoniyati haqida gapirib o‘tdi.

- Siz texnik futbolchilardan biri bo‘lgansiz. Tashqaridan futbol o‘ynab rohatlanayotganingiz ko‘rinib turardi. Shu jihatlar kuchli o‘yinchiga aylanish uchun yetarlimi?

- Eng yaxshilardan biri bo‘lish uchun ko‘prog‘i kerak. O‘zingizni yangi darajaga olib chiqish uchun tinimsiz mehnat qilib, bor e’tiboringizni futbolga qaratishingiz lozim. Agar iqtidoringiz bo‘lsa, raqobatdan aslo cho‘chimaslik kerak.

- Bugungi kunda sizga o‘xshash futbolchi bormi?

- O‘yin uslubi o‘xshab ketadiganlardan biri Neymardir. U xuddi men kabi rohatlanish uchun futbol o‘ynaydi, kasbini yaxshi ko‘radi. Bu bilan o‘zi uchun yoki muxlislarni shunchaki xursand qilish uchun to‘p suradi, demoqchi emasman. Albatta, Neymar jamoaviy o‘yinchi. Ya’ni o‘z iqtidorini jamoa manfaati uchun namo­yish qiladi.

- Sizningcha, u Krishtianu Ronaldu va Lionel Messiga o‘rinbosar bo‘la oladimi?

- Ha. Menimcha, buning uddasidan chiqadi. Messi va Ronaldu jahon futbolida o‘n yildan buyon yetakchilik qilishmoqda. Endilikda ular o‘rinlarini kimgadir bo‘shatishlari kerak. O‘ylaymanki, bu maqom Neymarga nasib etadi.

- Ronaldu va Messi oxirgi o‘n yillikda muvaffaqiyat qozonib kelishmoqda. Ularning qay birini ustun qo‘yasiz?

- Bu borada diplomat bo‘lishim kerak. Portugaliyalik do‘stlarim ko‘pligiga qaramay, Messini ustunroq qo‘yaman. Uning tug‘ma iqtidori bor. Ronaldu fantastik futbolchi, men ko‘rgan o‘yinchilar orasida eng kuchlilaridan biridir. Lekin Leo baribir ustunroq.

- Sizningcha, afrikalik futbolchi FIFAning yil o‘yinchisi mukofoti da’vogarlari orasida kuchli uchlikka kira oladimi?

- Hozir bu ishni eplay oladigan biror-bir futbolchini alohida ko‘rsatish qiyin. Afrikaliklar xalqaro arenada hali yetakchi o‘yinchilar bilan raqobatlashish darajasiga chiqmadilar.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:05, 20.08.2017.
O'qildi: 3364 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.