Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Jurnalistlarga «osilish» davom etadimi?

Jurnalistlarga «osilish» davom etadimi?

Baho:
+ | -

Men jurnalist emasman. To‘g‘rida, bir-ikki maqolangiz internet yoki bosma nashrlardan chiqqan har qanday odam jurnalist bo‘laversa jurnalistning qadri qoladimi? Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining oxirgi ikki o‘yini atrofida gap-so‘zlar ko‘paygandan-ko‘paydi. O‘FF xalqaro bo‘limi xodimi Sherzod Igamberdiyev futbol jurnalistlarini “qishloqi” deb atashi esa hammasidan oshib tushdi. Futbol haqida yozish, fikr bildirish faqat O‘FF xodimi-yu jurnalistga emas! Men oddiy futbol muxlisi sifatida o‘zbek futboli haqida yozmoqchiman. Bu meni qonuniy huquqim va kerak bo‘lsa fuqorolik burchimdir. Chunki “futbol aavalo muxlis uchun” degan oliy mezon bor. O‘FFning jurnalistlarga “osilishi” birinchi marta emas, bu holatni oldin ham ko‘rganmiz. Bundan bir necha yillar oldin, aniqrog‘i o‘tgan Jahon chempionatining saralash o‘yinlaridan keyin bir nechta jurnalistlar federasiya prezidentining keskin g‘azabiga duchor bo‘lgandi. Esladingizmi? Bunga internet saytlarda chop etilgan tanqidiy maqolalar sabab bo‘lganmish...

Nazarimda, O‘FFda faoliyat yurituvchi ayrim xodimlar ham o‘z ishining ustasi emas. O‘zi targ‘ib qiladigan muxlislik madaniyati degan tushunchaga amal qilmaydigan O‘FF xodimining bugungi gapi fikrlarimning yaqqol isbotidir. Axir futbol haqidagi har qanday tartibga avvalo futbolning “kattalari” amal qilishi kerakku. Yoki muxlislik madaniyati faqat stadionga kiradigan muxlis uchunmi? Bir paytlar futbol saytlarida bildirilgan nojo‘ya fikrlar uchun bir nechta futbol saytlari qattiq ogohlantirilganini eshitganman.

Jurnalistning vazifasi futbol ichida va futbol atrofidagi voqeliklarni muxlislarga ro‘y-rost yetkazib berish bilan birga, o‘sha voqeliklarga tahliliy, kerak bo‘lsa tanqidiy munosabat bildirish. Jurnalist — futbol va muxlislar orasidagi eng katta vositachi. Shunday ekan futbolimiz haqida maqola yozgan jurnalistlarni Sherzod Igamberdiyev “qishloqi” deb haqorat qilishini qanday tushunmoq kerak? Buni faqat bir narsa bilan izohlash mumkin: U ma’naviy qashshoq! Nol! Men bunga boshqacha fikr bildirolmayman. Chunki o‘sha futbol jurnalistlari o‘z ishini qilishyapti. Terma jamoamiz yutsa boshlariga ko‘tarishni, yutqazsa kuyunishni, muxlislarga dalda bo‘lishni ham bilgan. Bilmasangiz biling, ayrim futbolga ixtisoslashgan saytlar o‘z faoliyatini arang yurg‘izadi. Ayrim futbolga ixtisoslashgan gazetalar yopilib ketdi. Sababi ularni davlat moddiy tarafdan qo‘llamaydi. Ular O‘FF xodimlariga o‘xshab issiqda — salqin, sovuqda issiq xonalarda faoliyat olib bormaydi. Ular futbolni sevishadi, ular futbolni rivojlantirish yo‘lida izlanishadi, ularda o‘z kasbiga fidoiylik bor. Sizdachi? Sizga sabab kerakmi? Istasangiz yuzta sabab topib beraman fikrlarimning isboti uchun. Shuning uchun birovni haqoratlash o‘rniga og‘izni “yumi-i-i-b” hamma o‘z ishini qilgani foydadan holi bo‘lmasdi. Ayniqsa, oldimizdagi ikkita eng jiddiy o‘yinlar turgan paytda.


Yuqorida ta’kidlaganimdek, men jurnalist emasman, shuningdek advokat ham. Jurnalistdan do‘stim, yaqinim ham bo‘lmagan. Zakaz maqola yozadigan darajada ham past ketmayman. Yozganlarim bu mening shaxsiy fikrlarim. Fikrlarim esa mening shaxsiy mulkimdir. Shaxsiy fikr bildirish esa konstitusion huquqim. Faqat boshqalardan farqli o‘laroq fikrlarimni qo‘shtirnoqqa olib, kinoya bilan emas, o‘ylanib, ochiq yozib o‘rganganman.

Ha, aytganday, fikrlarimni sal to‘poriroq usulda ifodalaganim kimlargadir qattiqroq tegsa uzr! Axir aytishadiku “shamolga qarab tupirsang, yuzinga sachraydi” deb. O‘zingizni asrang, salomat bo‘ling!!!

Jurnalist bo‘lmagan pedagog
Dilshodbek Jumaniyozov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:15, 25.08.2017.
O'qildi: 5539 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.