Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Osiyoning eng sara 14 murabbiyi qit’a futboli kelajagini muhokama qildi

Osiyoning eng sara 14 murabbiyi qit’a futboli kelajagini muhokama qildi

Baho:
+ | -

Xitoyning Shanxay shahrida 30-31 avgust kunlari OFKning “Sara murabbiylar forumi” bo‘lib o‘tdi.

Qit’amizda faoliyat olib borayotgan eng yetakchi deya e’tirof etilgan 14 nafar murabbiy qatnashgan mazkur forumda Osiyo futbolining kelajagi muhokama etildi. Xususan, Osiyo Chempionlar Ligasi Yevropa Chempionlar Ligasi bilan solishtirilib, ko‘xna qit’aning eng nufuzli musobaqasidan OCHL qaysi jihatlarda ortda qolayotgani, qit’amizning klublar miqyosidagi eng yirik musobaqasini yanada rivojlantirish uchun yana qanday ishlar amalga oshirilishi lozimligi kun tartibidagi asosiy masala bo‘ldi.

Shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasida videotakrorlardan foydalanish, darvoza chizig‘i hakamlari faoliyatini yanada takomillashtirish borasida ham so‘z yuritildi.

Ushbu nufuzli forumda O‘zbekiston chempioni – “Lokomotiv” jamoasi ustozi Mirko Yelichich ham ishtirok etdi.

“OFK sara murabbiylari forumi” qatnashchilari ro‘yxati:

Fabio Kapello – Jiangsu Suning (Xitoy)
Feliks Magat – Shandong Luneng (Xitoy)
Gus Poye – Shanxay Shenhua (Xitoy)
Dragan Stoykovich – Guanchjou R&F (Xitoy)
Andre Villash-Boash – Shanxay SIPG (Xitoy)
Ju Guangyu – Xitoy terma jamoasi sobiq ustozi (Xitoy)
Fu Bo – Guanchjou Evergrand yordamchi murabbiyi (Xitoy)
Choy Kang-Hi – Chonbuk Motors (J. Koreya)
Hvang Sun-Hong – Seul (J. Koreya)
Shimotaira Takahiro – Kashiva Reysol (YAponiya)
Kevin Maskat – Melburn Viktori (Avstraliya)
Mirko Yelichich – Lokomotiv (O‘zbekiston)
Alirizo Mansurian – Istiqlol (Eron)
Kristian Gross – Al Ahli sobiq ustozi (S. Arabistoni)

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:00, 31.08.2017.
O'qildi: 6779 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик